Adobe Photoshop Extended dasturining yangi versiyalaridan (CS4 dan) boshlab Adobe Acrobat 3D, Autodesk 3ds Max, Maya va Google Планета Земля dasturlarida yaratilgan 3D formatdagi tasvirlarni ochish hamda tahrirlash mumkin. Photoshop 3D fayllarning quyidagi formatlarini oʻqiy oladi: U3D, 3DS, OBJ, KML va DAE. Uch oʻlchamli suratlarni ikki oʻlchamli suratlarga qoʻshish mumkin. Tahrirdan soʻng ishni GIF-animatsiya yoki PSD koʻrinishida saqlash mumkin va uni Adobe Premiere Pro yoki Adobe After Effects video dasturlarida koʻrish mumkin.
CS versiyasidan boshlab PSda skriptlar bilan ishlash imkoniyati bor. Photoshop DIOCOM (Digital Imaging and Communications in Medicine) — tibbiyotdagi raqamli tasvirlar fayllarini oʻqiy oladi. PS Extended dasturi orqali MATLAB tasvirlar bilan ishlash mumkin.
Boshqa qurilmalar uchun koʻrinishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Adobe Systems“ kompaniyasi „Adobe Photoshop“ grafik muharririning planshet kompyuterlar uchun moʻljallangan versiyasini namoyish qildi. Ushbu dastur „Adobe Photoshop Touch“ deb nomlandi. 2010-yilda chiqarilgan „Adobe Photoshop Express“ mobil grafik muharriridan farqli oʻlaroq, yangi dastur koʻproq „Photoshop“ning desktop kompyuterlar uchun moʻljallangan versiyasiga oʻxshab ketadi. Unda, xususan, „qatlamlar“ funksiyasi va barmoqlar bilan rasmlarning alohida fragmentlarini „belgilash“ imkoniyati mavjud. Ushbu dasturda qayta ishlangan rasmlarni Facebook ijtimoiy tarmogʻiga yuborish yoki kompaniyaning yangi „Adobe Creative Cloud“ bulutli servisiga joylashtirish mumkin. „Adobe Photoshop Touch“ ham kompaniyaning „Adobe Touch Apps“ ilova-dasturlar paketi tarkibiga kiradi. Paket 6 ta dasturdan iborat: rasmlarni tahrirlash uchun „Adobe Photoshop“, kollajlar yaratish uchun moʻljallangan „Adobe Collage“, tayyor ishlarni namoyish qilish uchun „Adobe Debut“, vektor grafikasini tahrirlovchi „Adobe Ideas“, ranglarni aralashtirish uchun „Adobe Kuler“ va veb-sayt eskizlarini yaratish uchun „Adobe Proto“ dasturlari