Affikslarda unumli va unumsiz so’z yasalishi Mundarija Reja



Yüklə 56,13 Kb.
səhifə1/6
tarix10.12.2023
ölçüsü56,13 Kb.
#139402
  1   2   3   4   5   6
Kurs ishi 2023


Affikslarda unumli va unumsiz so’z yasalishi
Mundarija
Reja
1.O’zbek tili morfemikasining dolzarb muammolari. 2.So’zlar tarkibidagi affiksal morfemalarning vazifasiga ko’ra turlarini ajratish. 3.Morfema variantlarini misollar asosida ajratish. 4.So’zlar tarkibidagi affiksal morfemalarning shakl va ma‘no munosabatiga ko’ra turlarini farqlash. 5.Affiksal morfemalarning tuzilishi va qo’llanish darajasiga ko’ra turlarini misollar bilan yoritish. 6.O’zbek tilida o’zak va affiks qo’shiluvida yuz beradigan fonetik o’zgarishlarni mashqlar asosida ajratish.
Grammatika ko’plab tilshunоslik atamalari kabi ikki ma’nоli (bu esa tеrminlar bir ma’nоli bo’ladi dеgan da’vоlarning unchalik ham to’g’ri emasligini ko’rsatadi)dir. Bir ma’nоsida tilning grammatik qurilishi tushunilsa, ikkinchi ma’nоsida tilshunоslikning shu grammatik qurilishni o’rganuvchi sоhasi anglashiladi. Dеmak, u so’z va gapning fоrmal-grammatik tоmоnlarini – so’z o’zgarishlarini, sintaktik birliklar va ularning turli ko’rinishlarini, strukturasini va hоsil qiluvchi vоsitalarini, shuningdеk, ifоdalaydigan grammatik ma’nоlarini o’rganadi.
Morfemika so‘zning ma’noli qismlari haqidagi ta’limotdir. So‘zning eng kichik ma’noli qismi morfema deyiladi. Masalan, bog‘larimizning so‘zi quyidagi ma’noli qismlardan iborat: bog‘ - lar - imiz - ning. Morfemalarning har biri so‘z doirasida o‘ziga xos ma’no ifodolovchi birlikdir. Ularni yana bo‘laklarga bo‘linishi mazkur ma’nolarning yo‘qolishiga olib keladi. Demak, morfema so‘zning eng kichik bo‘linmas ma’noli qismidir. Morfemalar dastlab ikkiga bo‘linadi:1) o‘zak morfema; 2) affiks morfema.
O‘zak so‘zda albatta ishtirok etadigan nutqda yakka holda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan va mustaqil lug‘aviy ma’no ifodalash xususiyatiga ega bo‘lgan morfemadir. Masalan, ishchi, ishla, ishchan, ishsiz so‘zlaridagi ish o‘zak morfemadir.

Affikslar (qo‘shimchalar) yakka holda lug‘aviy ma’no ifodalamay, o‘zakka qo‘shilib uning leksik yoki grammatik ma’nosini shakllantirishda ishtirok etadigan morfemadir. Masalan, ish, odam, daraxt kabi narsa nomini bildiruvchi o‘zaklarga - chi||ishchi, -garchilik||odamgarchilik, -zor||daraxtzor kabi affikslar qo‘shilishi bilan mazkur so‘zlarning lug‘aviy ma’nolari; ularga ish+ning, odam+lar+dan, daraxt+lar+imiz kabi affikslar qo‘shilishi bilan esa so‘zlarning grammatik ma’nolari shakllangan.



Yüklə 56,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin