Aglomeratsiyalash
Yuqori haroratda ishlayotgan metallurgik pechlarga xomashyoni, ya’ni shixtani (ruda, boyitma, flyuslarni va metallurgik chiqindilarni) yuklashdan oldin uni bo‘laklarga bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Garchi maydalangan rudalarning yirikligi 5–25 mm bo‘lsada, ularning yirikligi bilan birga keladigan shixtaning tarkibiga kiruvchi boyitma,texnologik changlarning yiriklik darajasi 0,074–0,5 mm gacha bo‘ladi.Bunday yiriklikdagi xomashyo pechlarga yuklatilganda undagi bosim va pech ichidagi gazlarning harakati natijasida ko‘p miqdorda isrofgarchilik yuzaga keladi. Shu bilan bir qatorda pechlarning gaz aylanish tuynuklari to‘lib qoladi. Shu nuqtayi nazardan pechga yuklanadigan xomashyoni ma’lum darajagacha yirikligi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Texnologik talablarga asosan metallurgiyada ruda va boyitmalarni bo‘laklash bir necha usulda bo‘ladi.
1. Aglomeratsiyalash.
2. Briketlash.
3. Granulalash.
Bo‘laklashning aglomeratsiya usuli asosan qora metall rudalari hamda oltingugurtli rangli metall rudalari uchun qo‘llaniladi. Bunda ruda va boyitmalarni bo‘laklash bilan bir qatorda ular tarkibidagi oltingugurt va karbonatlardan ma’lum miqdorda tozalaniladi. Briketlash usulda bo‘laklash asosan mayda zarrachali va kukunsimon materiallar uchun qo‘llaniladi. Briketlash natijasida to‘gri va bir xil o‘lchamdagi mahsulot (briket) hosil boladi.
Granulalash bu ruda va boyitmaning mayin fraksiyalarini o‘zining o‘lchami va formasini yoqotmaydigan mustahkam shar ko‘rinishidagi granulalar olish jarayonidir.
Metallurgiyada aglomeratsiyalash deb, ruda va boyitmalarni maxsus birikmalar yordamida aralashtirib, yuqori haroratda ishlov berish tushuniladi. Bu aralashmalarning tarkibiga asosan uglerodli bo‘linmalar (ko‘mir, koks va hokazolar, chizma) kiradi.
5.3-chizma. Kuydirish boshlangandan keyingi turli vaqtlard
chashali aglomeratsion dastgohning sxematik qismi.
Aglomeratsiya jarayonida g‘ovaklangan bo‘laklar hosil bo‘ladi.
Bu asosan temirli rudalarga tatbiq etilib, uni bo‘laklash bilan bir qatorda oltingugurtdan tozalanadi, ya’ni yuqori haroratda S yonib,SO2gaziga aylanadi va ajratib olinadi. Bunda sulfidlar tarkibidagi S ning 98 foizi, SO4ionining oltingugurti 36 foizgacha tozalanadi. Shu bilan bir qatorda gigroskopik jimlikdan xalos bo‘ladi. Unsur elementlardan P, As va boshqa aglomeratsiyalash jarayonida rudaning tarkibida qolib ketadi. Ruda va boyitmalarni aglomeratsiyalash orqali bo‘laklash olib borilayotgan texnologiya asosan 3 xil bo‘lishi mumkin:
1. Muallaq holda ishlovchi pechlar.
2. Aylanma trubali pechlar.
3. Aglomeratsion mashinalarda havo so‘rish orqali.
1,2 usullar o‘zining texnologik ko‘rsatkichlari hamda iqtisodiy
samarasizligi tufayli kam qo‘llanilmoqda. Metallurgiyada ko‘pincha 3
usul qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |