Aglomeratsiyalash jarayoni jarayoning umumiy tushunchasi


Aglomeratlarni sovitish va qotirish



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə8/8
tarix31.12.2021
ölçüsü1,13 Mb.
#112597
1   2   3   4   5   6   7   8
aglomeratsiyalash jarayoni

Aglomeratlarni sovitish va qotirish
Aglomeratsion mashinalardan chiqadigan tayyor mahsulot harorati 800–900 °C bo‘lib, uni bir joydan ikkinchi joyga uzatish bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Shu nuqtayi nazardan aglomeratlar sovitiladi. Aglomeratlarning sovitilishi katta ahamiyatga ega. Sovitish usuli va tezligi olinadigan aglomeratning mustahkamligiga ta’sir etadi.Aglomeratning mustahkamlik ko‘rsatkichlari uni ma’lum muddatgacha sifati buzilmasdan saqlanishini kafolatlaydi. Sovitish jarayoni alohida texnologiya bo‘lib, bir necha usullardan iborat:

1) havo yordamida;

2) suv yomg‘iri yordamida;

3) aralash holda sovitish;


Bu usullarni tanlash aglomeratning tarkibiga va fizik xossalariga bog‘liqdir.
1. Ko‘pgina metallurgik korxonalarda havo yordamida sovitish 4 xil usulda bo‘ladi:

a) maxsus vagonlarga yuklab, ma’lum masofada harakatlantirish bunga agar havo harorati 5–10 °C bo‘lsa, sovitish 10 soat davom etishi mumkin. Bu o‘z navbatida katta sarf-xarajatlar talab qiladi;

b) aglomeratlarni omborlarda sovitish.

Tayyor mahsulot lentali transportyorlar yordamida maxsus omborlarga uzatiladi va ikki tomoni ochiq (yelvizak) omborlarda 10–15 sutka saqlanishi kerak. Garchi bu jarayon uzoq davom etsada, samarali hisoblanadi;

d) aglomeratsion mashinalarning o‘zida sovitish. Tasmasining uzunligi 2–2,5 marta uzaytirilishi bilan amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida mashinaning samaradorligini kamaytiradi;

e) aglomeratlarni aylana bo‘ylab harakatlanuvchi texnologik likopchalarda sovitish.

2. Aglomeratlarni suv yomg‘iri yordamida sovitish 3 xil usulda amalga oshiriladi:

a) temir yo‘l vagonlariga yoki hovuzlarga yuklab sovitish. Bunda mahsulot suv yomg‘iri ostidan o‘tkaziladi. Bu suvning ko‘p isrof bo‘lishi, vagonlarning chirishiga olib keladi;



b) suv tumani orqali sovitish – bunda aglomeratlarning o‘nggi qismiga suv purkash uskunalari o‘rnatiladi, bu purkagich juda kichkina bo‘lganligi sababli tumanga o‘xshaydi;

d) aglomeratlarni bunkerlarda suv yordamida sovitish
Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin