Agrar islohotlar



Yüklə 13,9 Kb.
tarix03.05.2023
ölçüsü13,9 Kb.
#126315
Agrar islohotlar


Agrar islohotlar, qishloq xoʻjaligidagi islohotlar — davlatning yerga mulkchilik munosabatlari va yerda xoʻjalik yuritish usullarini oʻzgartirishga karatilgan chora-tadbirlari majmui. Dastlab Agrar islohotlar konsepsiyasi maqsad va vazifalari, yoʻnalishi, uni oʻtkazish bosqichlari aniqlab olinadi. Shunga asoslanib Agrar islohotlarni oʻtkazishning aniq chora-tadbirlari belgilanadi va ularni davlat amalga oshiradi. Tarixda Agrar islohotlarning 3 turini koʻrish mumkin. Birinchisi — anʼanaviy (natural, biqiq, qoloq) iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʻtishni koʻzlovchi Agrar islohotlar Ular jumlasiga 19-20-asrlarda Yevropa, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi Agrar islohotlarni kiritish mumkin. Ikkinchisi — bozor xoʻjaligidan totalitar-rejali tuzumga oʻtishni koʻzlagan va proletariat diktaturasi yordamida amalga oshirilgan Agrar islohotlar Uchinchisi — 90-yillar boshidan sobiq sotsialistik mamlakatlarda rejali iqtisodiyotdan qayta bozor munosabatlariga oʻtishga qaratilgan Agrar islohotlar Birinchi toifadagi islohotlar qishloq xoʻjaligida tovar ishlab chiqarishni oʻstirib, uni bozor iziga solishni moʻljallaydi. Zamindorlar mulki boʻlgan yer uni ekadiganlarga — dehqonlarga haq toʻlash sharti bilan yoki bepul beriladi, yerga dehqonlarning xususiy mulki oʻrnatiladi. Dehqonlar tabaqalashib, ularning bir qismi boylarga aylansa, boshqa qismi yollanma ishchilarga aylanadi. Agrar islohotlar qishloq xoʻjaligida mexanizatsiyani qoʻllab, bu sohadan ish kuchini siqib chiqarishga olib keladi. Agrar islohotlar fermerlar sinfini shakllantirib, ularning mavqeini mustahkamlaydi. Ikkinchi toifadagi Agrar islohotlar sobiq SSSR, Mongoliya, Sharqiy Yevropa davlatlarida va boshqa mamlakatlarda amalga oshirilgan. Bunday islohotlar natijasida yer toʻla-toʻkis yoki qisman xususiy mulkdorlar tasarrufidan chiqarilib, davlat mulkiga aylantiriladi, mustaqil dehqon xoʻjaligi oʻrniga davlat rejasiga binoan ishlovchi davlat xoʻjaligi va jamoa xoʻjaliklari barpo etiladi, ularni hukumat toʻla nazorat qiladi. Bu islohotlar qishloqdagi erkin bozor munosabatlarini yoʻqotadi, qishloq xoʻjaligida stimullar soʻna borganidan u inqirozga yuz oʻgiradi, oziq-ovqat taqchilligi doimiy tus oladi. Uchinchi turdagi Agrar islohotlar davlatlashtirilgan qishloq xoʻjaligidan erkin bozor xoʻjaligiga oʻtishni koʻzda tutadi, ular natijasida yerga davlat egaligi qisman yoki toʻla-toʻkis bekor qilinadi, yerni ijaraga ishlatishga ruxsat beriladi, davlat va jamoa xoʻjaligining mulki dehqonlar oʻrtasida bepul, qisman bepul, yoxud haqini toʻlash sharti bilan taqsimlanadi. Dehqon (fermer) xoʻjaligi asosiy xoʻjalik turiga aylantiriladi, bu xoʻjalik bozor talabiga qarab va oʻz manfaatini koʻzlab ish yuritadi.20-asr davomida Oʻzbekistonda Agrar islohotlarning soʻnggi ikki turi amalga oshirildi. Shoʻrolar davrida yer-suvlar ularning egalaridan tortib olinib, dehqonlarga berildi. Lekin tez orada ulardan yana tortib olinib davlat mulkiga aylan-tirildi. Bunday islohotlar 1917-22 yillarda oʻtkazildi. 1925-26 yillarda yer-suv islohoti oʻtkazildi. Bu islohotlarda mahalliy boylarga qarashli yerlarning bir qismi yersizlarga bepul taqsimlab berildi. Bunday islohotlar natijasida bozorga ishlovchi mustaqil dehqon hoʻjaligi rivojlandi. Ammo bu uzoqqa bormadi, chunki 20-yillar islohoti qishloqni yoppasiga jamoalashtirish bilan yakunlandi. 1929-32 yillar mobaynida dehqon xoʻjaligi tamoman tugatilib, oʻrniga davlat va jamoa xoʻjaliklari barpo etildi, qishloq xoʻjaligi totalitar-rejali tizim girdobida qoldi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng, yangi mazmunga ega boʻlgan islohotlar boshlandi. Respublikada tub Agrar islohotlarning huquqiy 153asoslarini yaratadigan qonunlar qabul qilindi. Jumladan, „Yer toʻgʻrisida“ (20.06.1990), „Oʻzbekistonda tadbirkorlik toʻgʻrisida“ (15.02.1991), „Davlat tasarrufidan chikarish va xususiylash-tirish toʻgʻrisida“ (19.11.1991), „Ijara toʻgʻrisida“ (19.11.1991), „Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida“ (3.07.1992), „Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida“ (9.12.1992), „Yer soligʻi toʻgʻrisida“ (6.05.1993) va boshqa qonunlar hamda hukumat qarorlari qishloq xoʻjaligida koʻp ukladli iqtisodiyot poydevorini yaratishga yoʻl ochdi. 1998-yil aprelda chiqilgan „Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida“, „Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida“, „Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida“ qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi qabul qilindi. Qishloqda mulkdorlar sin-fini shakllantirish siyosatdagi muhim yoʻnalishga aylandi. Oʻzbekistonda bozor tizimini yaratishga qaratilgan yangi Ai. davomida davlat va jamoa xoʻjaliklari yerining bir qismi (jami 500 ming ga) aholiga tomorqa tarzida foydalanish uchun berildi. Natijada 1996-yil aholining tomorqa xoʻjaligida yer 640 ming gani tashkil etdi. Yangi Agrar islohotlar ikkinchi yoʻnalishi — bu qishloqni fermerlashtirish, yaʼni davlat va jamoa xoʻjaliklari oʻrniga dehqon va fermer xoʻjaliklarini tashkil etishdan iborat. Yerga davlat mulki saqlangani holda yer xoʻjalik yuritish uchun merosga oʻtish sharti bilan dehqonlarga berildi. 1996-yil jami 19,5 ming dehqon va fermer xoʻjaligi ishladi. Agrar islohotlarning uchinchi yoʻnalishi saqlanib qolgan davlat va jamoa xoʻjaliklarida dehqonlarning ulushbay mulkiga oʻtishdan iborat boʻldi. Xoʻjaliklardagi molmulk pulga chaqilib, u dehqonlarga ulush (pay) qilib berildi. Dehqonlar umumiy mulkdagi ulushiga qarab haq oladigan boʻldilar. Agrar islohotlar Oʻzbekistonning xususiyatini hisobga olgan holda yangi mulkchilik va bozorga mos xoʻjalik usullarini bunyod etish yoʻnalishida bormoqda.
Yüklə 13,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin