Agressiya va uning shakllari, verbal, jismoniy agressiya



Yüklə 40,24 Kb.
səhifə2/4
tarix01.03.2023
ölçüsü40,24 Kb.
#123712
1   2   3   4
Agressiya va uning shakllari, verbal, jismoniy agressiya

Ekologik yondashuv Z.Freyd nuqtai nazariga o‘xshash bo‘lgan agressiyaga evolyusion yondashuv tarafdori K.Lorens tadqiqotlarida yangicha mazmun kasb etdi. Lorensning fikriga ko‘ra, tajovuzkorlik, barcha jonzotlarda bo‘lgani kabi, insonda ham mavjud bo‘ladi. U yashash uchun kurash instinktiga asoslanuvchi agressiv energiya organizmda uzoq vaqt davomida muntazam yig‘ilib borib, uzluksiz ravishda, qo‘qqisdan paydo bo‘ladi deb hisoblagan. Shu tariqa, aniq tajovuzkor xatti- harakat quyidagi ikkita vazifani bajarish natijasida yuzaga keladi:

  1. Jamlangan tajovuzkor energiyaning miqdori;

  2. Agressiyani bo‘shashini yengillashtiruvchi stimullarning mavjudligi.

Tajovuzkorlik nazariyasining fundamental tadqiqotlari aynan K.Lorensga tegishlidir. Birinchidan, u hayvonlardagi o‘z turdoshlariga nisbatan tajovuzkorlikni zararli emas, balki turning saqlanib qolishi uchun foydali, deb hisoblagan. Agressiyani turni saqlanib qolishi uchun lozim bo‘lgan tabiiy instinkt sifatida anglash, uning xavfini tushunish imkonini beradi. Uning xavfi kutilmaganda yuz berishidadir. Aksariyat sotsiolog psixologlar o‘ylaganlaridek, agressiya tashqi ta’sirlarga bog‘liq bo‘lmaydi. Ikkinchidan, Lorensning fikriga ko‘ra, guruh a’zolari bir-birlari bilan qanchalik yaqin bo‘lsalar, qanchalik bir-birlarini tushunsalar hamda yaxshi ko‘rsalar, agressiya shunchalik xavfli bo‘ladi.
Uchinchidan, Lorens tajovuzkorlikka qarshi ijtimoiylashuvning quyidagi usullarini ko‘rsatdi: almashtirish, hujum mo‘ljalini o‘zgartirish. Lorens buni evolyusiya natijasida erishilgan ajoyib ixtiro, tajovuzni xavfsiz yo‘nalishga burib yuborish vositasi deb yozgan. Sherer ham, modomiki agressiya instinkt ekan, uni boshqa faoliyat bilan almashtirish lozim deb hisoblagan. Shu o‘rinda an’analarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqidagi Lorens g‘oyalari diqqatga sazovor. Xususan, u o‘zining dastlabki kommunikatsiya vazifasini o‘zgartirib, yangi ikkita vazifani bajarishga kirishadi: agressiyadan saqlanish hamda bir tur a’zolari ichidagi aloqalarni saqlab qolish. Uchinchi muhim vazifasi bir turni qobiq ichida saqlab, boshqa turlardan himoyalash. Bu bugungi kundagi me’yorlarning aniq ifodasidir. Ijtimoiy me’yorlar va an’analarning mustahkamligi eng dahshatli urush - dinlararo urushga olib kelishi mumkin va bu bugungi kunda bunday holat kuzatilmoqda.
Kundalik hayotda ishlatilayotgan tushuncha bilan ilmiy atama har doim ham bir-biriga mos kelavermaydi. Kundalik hayotda agressiya deganda biz ko‘proq adolatsiz, asossiz hujumni tushunamiz. Etiologiyada agressivlik tushunchasi g‘azab, jahl, nafratni anglatadi. U hech qanaqa, ijobiy ham salbiy ham ko‘rinishga ega emas. Bu ta’rifni K.Lorens «G‘azab: agressiv xulq-atvorning tabiiy tarixi» nomli kitobida keltirib o‘tadi. Agressiya ko‘pincha hujum qilganda ko‘zga tashlanadi, biroq g‘azabsiz hujumni etiologlar agressiya deb atamaydilar. Tabiatda bir tur ikkinchi

turga hujum qiladi. Bo‘ri quyonga hujum qilsa, agressiya emas, ov hisoblanadi. Shu kabi, ovchining o‘rdak otishi yoki baliqchining qarmoq tashlashi agressiya emas. Chunki ular o‘ljaga nisbatan qo‘rquv, g‘azab yoki nafrat hissini tuymaydi. Agressiv xulq-atvorni esa, ushbu tuyg‘ular yuzaga keltiradi. Bir hayvon ikkinchisining jahlini chiqarsa yoki xavf tug‘dirsa (o‘ziga, hududiga, uyiga, bolalariga) yoki shunchaki notanish hamda shubhali ko‘rinsa, agressiyaga duch keladi. Agressivlik hayvonlarda hudud bilan bog‘liq ravishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ushbu holat Govard tomonidan 1920 yilda kashf qilinganidan so‘ng, ma’lum bo‘ldiki, bu holat juda keng tarqalgan ekan. Ko‘p hayvonlar o‘z hayotlarining bir bo‘lagi sifatida o‘z hududlarini qattiq himoya qiladilar. Hududlar ayrim hayvonlarda, ko‘proq yovvoyi hayvonlarda, individual bo‘lsa, aksar hayvonlar to‘da yoki podaning umumiy hududiga egadirlar. Agar biron bir hayvonga tegishli hududga boshqasi, o‘sha turning vakili bo‘lsa ham, tashrif buyuradigan bo‘lsa, xo‘jayinning qarshiligiga uchraydi va bu qarshilik hududning markaziga yaqinlashgan sari ortib boraveradi. Aksincha, boshqa hayvon hududida agressivlik pasayib, begona hayvon qochishga harakat qiladi (Buni yaxshi bilgan hayvon o‘rgatuvchilar qafasga birinchi bo‘lib o‘zlari kiradilar. Ikkinchi bo‘lib kirgan hayvon qafasni hayvon o‘rgatuvchining hududi sifatida qabul qiladi va uning agressivligi yo‘qoladi). Aslida esa, hayvonlarda hudud agressiya natijasida yuzaga keluvchi tushunchadir. Lorensning fikriga ko‘ra, agressivlik oddiy instinktdir (barcha biologlar ham bu fikrga qo‘shilavermaydilar). Buni isbotlash uchun u va uning xodimlari bir qator tajribalar o‘tkazganlar. Ular hayvonlarni turdoshlaridan alohida saqlab, ularda agressivlik o‘rganish orqali emas, tug‘ma mavjud bo‘lishini isbotlaganlar. Masalan, alohida saqlangan sichqonlar va kalamushlar o‘zlarini turdoshlariga qaraganda agressivroq tutishgan. Ular o‘z turdoshlariga ham darhol hujum qilganlar, bunda ular o‘z turiga xos usullarni qo‘llaganlar. Agressiya doimo qo‘rquv bilan birga yuradi, qo‘rquv har doim agressiyani yuzaga keltiradi. Buni turli hayvonlarda olib borilgan tajribalar ko‘rsatib bergan. Agar hayvonlar qo‘rqitiladigan bo‘lsa, ular agressivroq bo‘lib qolishgan. Bu insonlar to‘dasi yoki butun jamiyatda ham kuzatilishi mumkin. Agressivlik eng xavfli holatdir.



Yüklə 40,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin