7.2-rasm Tayyor oziqa muhitlar
Dukkakli qaynatma.
Dukkakli
qaynatma tuganak bakteriyalar, mog‘or
zamburug‘lar uchun yaxshi oziqli substratdir. Buni tayyorlash uchun dukkaklilar
(no‘xat, loviya) urug‘i ustidan 4 barobar suv solib, 1 soat qaynatiladi yoki avtoklavda
0,5 atm. bosimda 20 daqiqa isitiladi. Ph aniqlanib belgilanadi hamda 1% shakar qo‘shib,
probirka
va kolbalarga solib, avtoklavda 1 atmossfera bosimda 30 daqiqa sterillanadi.
Somonli qaynatma.
10 gramm somonga 1 litr vodoprovod suvi solib 30
daqiqa
qaynatiladi. Hosil bo‘lgan qaynatma filtrlanib, kerakli tuzlar (К
2
НРО
4
) va shakar (1%)
solinadi. Ph i aniqlanib belgilanadi va avtoklavda 0,5 atmosferabosimda 30 daqiqa
sterillanadi.
Dostları ilə paylaş: