Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/55
tarix26.11.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#135191
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Agrobiotexnologiya lab yangi

Go‘sht pepton agari.
Sovuq go‘sht pepton buloniga 1,5-2% agar qo‘shib, uni 
bo‘ktirish maqsadida 5-10 daqiqa shu holda qo‘yiladi, so‘ngra suv hammomida agar 
erib bo‘lguncha qizdiriladi. Shu tariqa tayyorlangan go‘sht pepton agari probirkalarga 
quyilib, avtoklavda 120ºС da 30 daqiqa sterillanadi. Agar-agar muhitining suyulish 
harorati 100ºС atrofida, qotish harorati esa 40-45ºС 
6- LABORATORIYA MASHG

ULOTI
MIKROORGANIZMLARNI EKISH VA SOF KULTURASINI AJRATIB OLISH 
USULLARI.
 
Topshiriq va mashg‘ulot о‘tish tartibi: 
Mikroorganizmlarni oziqa muhitiga ekish 
usullari va texnikasi bilan tanishish. Har bir talaba bakteriologik sirtmoq bilan gо‘sht-
pepton bulyoni, gо‘sht-pepton agari solingan probirkalarga va Petri likobchalariga 
mikroorganizmlarni ekib sof kultura ajratishni о‘rganadilar. Mikroorganizmlarni 
о‘stirish uchun qо‘yiladigan termostat bilan tanishish. 
Kerakli jihozlar va asboblar: 
Mikroorganizmlar ekilgan probirkalar (
Bacillus 
subtilis, Bacterium coli, Sarcina flava
). Gо‘sht-pepton bulyoni, gо‘sht-pepton agari, 
kartoshkali agar, Chapeka oziqasi solingan probirkalar va Petri likobchalar. 
Bakteriologik sirtmoq. Sterillangan Paster naychalari. Spirtovka, gugurt. Termostat. 


Uslubiy kо‘rsatma: 
Mikroblarni о‘stirish uchun sterillangan oziqa muhitlari 
tayyorlanadi. Tarkibida mikroorganizmlar bо‘lgan materialni (tuproq, suv, oziq-ovqat) 
sterillangan oziqa 
muhiti yuzasiga tushirish 
ekish
deyiladi. О‘stirilgan 
mikroorganizmlarni oziqa muhiti solingan bir probirka, kolba yoki Petri likobchasiga 
ekish 
qayta ekish 
deyiladi. Mikroorganizmlarni oziqa muhitiga ekkanda havodan yoki 
tevarak-atrofdagi narsalardan yot mikroblarning tushishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun 
quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 
-
Spirt lampasi yoqiladi; 
-
Chap qо‘lga ikkita – birinchisi, unib chiqqan va qayta ekiladigan mikroblar, ikkinchisi, 
sterillangan oziqa muhiti solingan probirkalar olinadi. Mikroorganizmlar unib chiqqan 
probirkadan ikkinchi probirkaga mikroblar olib ekiladi. Probirkalar gorizontal 
ushlanadi. 
-
Bakteriologik sirtmoq tikka ushlanib, spirt lampasining alangasida qizarguncha 
qizdiriladi. Sо‘ng sirtmoq alanga ustidan yotiq holda о‘tkaziladi, sirtmoqning simigina 
emas, dastasini ham mikroblar nobud bо‘lishi uchun alangadan о‘tkazish kerak. 
-
Ikkala paxta probka о‘ng qо‘lning kichik barmog‘i bilan kafti orasida ushlanib
probirkalar ochiladi. 
-
Ikkala probirkaning chetlari spirt lampasining alangasiga tutib qizdiriladi. 
-
Sirtmoq mikrobli probirkaga tiqilib, avval mikrobsiz joyiga tegiziladi, bundan maqsad, 
sirtmoqning haddan tashqari qizib ketmaganligini tekshirib kо‘rishdir, sо‘ngra sirtmoq 
bilan mikroblar yoki mikroblar aralashgan suyuqlikdan bir oz olinadi, bunda 
sirtmoqning probirkaning devorlariga tegizmasdan yangi sterillangan oziq muhiti ustiga 
surkaladi yoki oziqa muhiti suyuq bо‘lsa, suyuqlikka botirib olinadi 
-
Paxta probkalarning pastki uchlari va probirkalarning chetlari alangaga tutib kuydiriladi 
va ikkala probirkaning og‘zi yopiladi. 
-
Sirtmoqning spirt lampasining alangasiga tutib qizarguncha qizdiriladi. 
Anaerob mikroorganizmlarni ekish uchun ular zich oziqa muhitining (GPA, GPJ) 
orasiga kiritiladi, bunda u sanchib ekiladi. Buning uchun bakteriologik nina ishlatiladi. 
Bunday nina simining uchi sirtmoqqa о‘xshab qayrilgan emas, balki о‘tkirlangandir. 
Yuqorida keltirilgan qoidalarga amal qilib, bunday nina bilan bir oz mikrob olinib, 
qattiq oziqa muhiti ustuncha shaklida qotgan probirkaning tagigacha sanchiladi. 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin