Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/55
tarix26.11.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#135191
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
Agrobiotexnologiya lab yangi

Fiziologik 
belgilariga
 

oziqlanish 
xarakteri: 
uglevod 
manbalarida 
(monosaxaridlar, disaxaridlar, polisaxaridlar, spirtlar, moylar va xakazo): azot 
manbalaridan (oqsil, pepton, aminokislotalar, mineral azot tuzlari, erkin azotdan) 
foydalanadilar; uglevodlarda о‘sganda gaz, kislota va spirt hosil qiladi; nafas olish 
xarakteri –havo kislorodiga munosabatidir (aeroblar, anaeroblar,fakultativ anaeroblar). 
8-LABORATORIYA MASHG

ULOTI. 
MOG‘OR ZAMBURUG‘LARI MORFOLOGIYASINI О‘RGANISH 
Kerakli jihozlar:
mikroskop, buyum va qoplog‘ich oynachalar, bakteriologik 
sirtmoq, Petri likopchasi, 40% li formalin, 96% li etanol, bо‘yoqlar, Lyugol eritmasi, 
glyukozaning 10% li eritmasi, kolbalar rezina probkalar bilan, zamburug‘ mitseliysi 
yoki sporasi. 
Zamburug‘lar (mikromitsetlar eukariot organizmlarning katta gruppasini о‘z ichiga 
oladi. Eng sodda zamburug‘larning vegetativ tanasi qobiiqsiz bitta hujayradan iborat 
bо‘ladi. Mitseliyli turlarining kо‘pchiligida bu hujayra shoxlanuvchi ingichka ipchalar-
gifalar chigalidan iborat bо‘lib, mitseliy hosil qiladi. 


 Mog‘or zamburug‘lari xlorofilsiz mikroorganizmlardir. Shuning uchun ular faqat 
organik birikmalar uglerodidan foydalanib oziqlanadi, ya’ni ular geterotroflardir. Aerob 
zamburug‘lar turli substratlar yuzasida, faqat kislorod mavjudligida yashaydi. 
Hujayralarida differensiyalangan yadrosi bor. Mog‘or zamburug‘lari ozuq muhitiga 
talabchan emas, ya’ni muhit tanlamaydi, past temperaturaga yaxshi chidaydi, 
muzlatkich kameralarda ham yashab, kо‘paya oladi. Ular orasida saprofitlar ham, 
parazitlar ham uchraydi. Zamburug‘lar olti sinfga bо‘linadi: xitridiylar
(Chytridiomycetes), oomitsetlar (Oomycetes), zigomitsetlar (Zygomycetes) - bular 
tuban zamburug‘lardir; askomitsetlar (Ascjmycetes), bazidiomitsetlar (Bazidiomycetes) 
va deyteromitsetlar takomillashmagan zamburug‘lardir. (Deuteromycetes, Fungi
imperfecti) dir; bular yuksak zamburug‘lardir.
Petri likopchasidagi quyuq oziq muhitiga zamburug‘ mitseliysi yoki sporasi 
(konidiyasi) shtrix usulda yoki sanchib ekiladi. 15-25 kun davomida har 2-3 kunda kо‘z 
bilan chamalab kuzatib boriladi. Har gal kuzatilganda: koloniyaning о‘lchami (yirik-
maydaligi), shakli, zich yoki siyrakligi, tashqi chetining tuzilishi, о‘rtasining tuzilishi, 
о‘rtasining tuzilishi yuzasi, koloniyalarning, mitseliyning va kо‘paytish organlarining 
rang, substratning va koloniya tubining rangi, tomchi suyuqlik ajralishi aniqlanadi. 
Mitseliy hosil qiluvchi zamburug‘lar quyuq muhitda yumaloq yoki yuzada keng 
tarqalgan, substrat ichiga о‘sib kirmaydigan, pahmoq, ipsimon, о‘rgimchak tо‘risimon, 
paxtaga о‘xshagan yoki unli koloniyalar hosil qiladi. Kо‘pchilik turlarining vegetativ 
mitseliysi bо‘yalmagan. Faqat meva hosil qiluvchi mitseliysi pigmentli bо‘ladi. Shuning 
uchun yosh koloniyalari oq yoki och kulrang bо‘ladi. Meva hosil qiluvchi organlari 
rivojlana borgan sari koloniyalar sariq, pushti, qizil, yashil, qora va hokazo rangga 
kiradi. 
Shundan keyin bakteriyaning mitseliysi va kо‘payish organlari mikroskopda 
о‘rganiladi. Bunda stereoskopik yoki oddiy mikroskopda о‘rganish vakoloniyalarni 
bevosita Petri likopchasining о‘zidan kо‘rish mumkin. Mikroskopda 80-200 marta 
kattalashtirib qarab, ochiq mitseliylar borligi, ularning xarakteri, xlamidosporalar va 
sklerotsiylar hosil bо‘lishi, sporangiyaband va konidiyabandlarning, boshchalari 
sporalari va konidiyalarning joylashuvi aniqlanadi. Koloniyaning cheti, pigmentlangan 
va bо‘lmagan qismlari chegarasi va о‘rta kuzatiladi. 
Mikroskopda kо‘riladigan preparatlar qizdirib, sо‘ngra sovitilgan ikkita preparat 
oval ignada tayyorlanadi. Ignalarda mitseliyni meva hosil qiluvchi gifalari va yupqa 
ozuq muhiti bilan oynasidagi 1:1 nisbatda olingan bir tomchi strukturasini buzib 
yubormasdan. Gifalarni ninada tо‘g‘rilab (tekislab), ustiga qoplagich oyna yopiladi va 
sekin bosiladi. Preparat dastlab 8x yoki 10x, keyin 40x obyektivda qaraladi. Meva hosil 
qiluvchi gifalarning tuzilishi, sporalar (konidiyalar) ning о‘lchami, shakli va tuzilishi 
600-800 marta kattalashtirib о‘rganiladi.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin