11.3-rasm Sut kislotali bijg‘ish asosida olinadigan sut mahsulotlari
Sut moyni eritib yuboradi. Mikroskopda ko‘rilgan sut kislota bakteriyalarining
rasmi daftarga chiziladi. Muhitda sut kislota borligini aniqlashda asosan quyidagi
usullardan foydalaniladi.
1) qatiqda sut kislota borligini bilmoq uchun Uffelman reaksiyasi o‘tkaziladi.
Buning uchun bir foizli fenol eritmasidan 5 mlolib, kuchsiz Fe Cl
2
eritmasidan bir necha
tomchi qo‘shilsa, sut kislotaning temirli tuzi hosil bo‘lishi tufayli eritma sarg‘ayadi.
2) sabzavotni achitadigan sut kislota bakteriyalarini aniqlash uchun tuzlangan
bodring yoki karam suvidan 1-2 ml olib, filtrlab hosil bo‘lgan filtratga 5ml
sulfatkislotava10tomchito‘yintirilgan mis kuporosi eritmasidan qo‘shib yaxshilab
aralashtirilib, 100ºС issiq suv hammomida 5 daqiqa saqlab, so‘ngra sovitiladi va 1-2
tomchi 0,2% tiofenning spirtdagi eritmasidan qo‘shiladi. Agar filtratda sut kislota
bo‘lsa, filtrat to‘q qizilrang hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: