Apikal meristemalarni viruslar asoratsiz davolashning imkoni bо‘lmaganligi
uchun, ularni 2-3 barg asosi bilan birga о‘simlikdan ajratib olinadi. Bunda apekslarning
kattaligi 100-250 mkm dan oshmasligi kerak.
Kartoshkadan ajratib olingan meristemalarni viruslardan tozalash uchun termo- va
kimyoterapiya qо‘llaniladi. Termo ya’ni issiqlik bilan ishlov berilganda viruslar
inaktivlashadi (nobud bо‘ladi), kimyoterapiya qо‘llanilganda esa viruslar rivojlanishdan
tо‘xtaydi.
Viruslardan
tozalangan
kartoshka
о‘simligi meristemalaridan kelgusida
issiqxonalarda viruslardan xoli bо‘lgan tuganaklar yetishtiriladi.
Bundan tashqari viruslardan tozalangan о‘simlik yetishtirishda
in vitro
sharoitida yetishtirilgan kartoshka tuganaklaridan ham foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: