“Osilgan tomchi” preparati . Bu preparatni tayyorlash uchun dumaloq shaklda
ishlangan chuqurchali buyum oynasidan foydalaniladi. Chuqurcha chetlariga vazelin
surtiladi.
Yog‘sizlantirilgan
qoplagich
oyna
о‘rtasiga
mikroorganizmlar
suspenziyasining kichik bir tomchisi tomiziladi. Tomchini pastga qaratib oyna
tо‘nkariladi va ehtiyotkorlik bilan vazelinli halqaga bosiladi. Tomchi chuqurchaning
о‘rtasiga joylashishi, uning chetlari va tubiga tegmasligi lozim (16-rasm). Bunday
preparatda tomchi qoplagich oynaning ichki sirtiga osilgan holda bо‘lib, germetik berk
kamera ichida qoladi.
“Tamg‘a” preparati aktinomitsetlar va mitselial zamburug‘larning hujayralarini
koloniyadagi tabiiy joylashishini о‘rganish uchun tayyorlanadi. Mikroorganizmlar
koloniyasi о‘sgan qattiq muhitdan skalpel yordamida uncha katta bо‘lmagan kubik yoki
alohida koloniya kesib olinadi va buyum oynasi ustiga qо‘yiladi. Mikroorganizmlar
joylashtirilgan oyna yuzasi tepaga qaratilgan bо‘lishi kerak. Sо‘ngra uning ustiga toza
qoplagich oyna qо‘yiladi, ilmoq yoki igna bilan u sal bosiladi va chetga surib
yubormaslikka harakat qilgan holda tezlik bilan kо‘tarib olinadi.
Mashg‘ulotni o‘tish tartibi : Ezilgan va osilgan tomchi usullaridan foydalanib
preparat tayyorlanadi. Mikroorganizmlarning harakati aniqlanadi. Qattiq va suyuq oziqa
muhitlaridan quruq preparat tayyorlanadi va preparatlarni mikroskop ostida ko‘riladi va
rasmlari chiziladi.
Oddiy va murakkab bo‘yash usullari va ularni tayyorlash texnikasi ishlab
chiqiladi. Mashg‘ulot davomida Gramm usulida sporalarni bo‘yash bilan tanishiladi,
keyin mustaqil ravishda mazoklar tayyorlanadi, oddiy va murakkab usulda bo‘yaladi,
preparatlarni mikroskop ostida ko‘riladi va rasmlari chiziladi.
Kerakli asbob va reaktivlar : Mikroskop. Buyum va qoplag‘ich oynachalar.
Mikrobiologik sirtmoq. Mikroorganizmlarning sof kulturasi ekilgan probirkalar va Petri
likobchalari. Doimiy preparatlar.Paster naychasi. Spirt lampasi. Immersion moy.
Bo‘yoq eritmalari (Gensian violet bo‘yog‘i, fuksin, metilen ko‘ki, Lyugol). Suv va
kolbalar. Shtativlar.
Mikroorganizmlar preparatlarini tayyorlash uchun buyum oynasi bilan
qoplag‘ich oynalar ishlatiladi.Preparat tayyorlashdan oldin buyum oynasidagi moyni
ketkazish uchun u spirtga ho‘llangan latta, so‘ngra toza latta bilan artib quritiladi. Suv
oyna ustida tomchilar hosilqilmasdan yoyilib ketsa, bunday oyna toza hisoblanadi.
Mikroorganizmlarni buyum oynasiga surish uchun mikrobiologik sirtmoq
kerak bo‘ladi. Egilgan shisha tayoqcha (shpatel) tutqich va unga biriktirilgan ingichka
simdan iborat. Bu sim platinadan yoki qizdirilganda havo kislorodi bilan
oksidlanmaydigan va tez qizib (cho‘g‘ bo‘lib) tez soviydigan boshqa biror metalldan
yasaladi. Mikroorganizmlarni mikroskopda tirik yoki o‘lik holda ko‘rish mumkin. O‘lik
mikroblar bo‘yalgan preparatlardagina ko‘rinadi. Tirik mikroblarni esa «ezilgan» va
«osilgan» tomchi preparatlarida ko‘rish mumkin.