Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/55
tarix26.11.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#135191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Agrobiotexnologiya lab yangi

Quruq preparatni bo‘yash.
Mazokni bo‘yashda preparatni preparat ushlagichga 
o‘rnatiladi. Mazokka bir necha tomchi bo‘yovchi suyuqlik tomiziladi. Bo‘yovchi 
suyuqlik va tadqiqotning maqsadiga qarab bo‘yash muddati turlicha bo‘ladi (1-5 daq. 
ayrim hollarda 30 daq.va undan ko‘p). Preparat bo‘yalgandan so‘ng, uni suv bilan 
yuviladi va filtr qog‘oz yordamida suv qoldiqlari shimdirib olinadi, havoda quritiladi va 
mikroskop ostida kuzatiladi. Bunday quruq preparat surtma deyiladi. Tayyorlangan 
surtma fiksatsiya qilinadi (qotiriladi), ya’ni spirt lampasi alangasiga uch marta tutib 
olinadi. Umuman preparatlarni fiksatsiya qilish uchun spirt lampasi alangasi, spirt bilan 
efir va kislota bilan formalin aralashmalari ishlatiladi. 
Surtmani bir necha daqiqa davomida eritmaga solib ham fiksatsiya qilish mumkin. 
Surtma fiksatsiya qilinganda buyum oynasidagi mikroorganizmlar o‘lib, oynaga 
yopishadi va yaxshi bo‘yaladi, buning sababi, bo‘yoq tirik protoplazmadan ko‘ra, o‘lik 
protoplazmaga yaxshiroq o‘tadi. 
Preparatlarni bo‘yash usullari.
Bo‘yashning oddiy va differensiyalashgan 
usullari mavjud. Oddiy bo‘yashda biror bir bo‘yovchi modda masalan, ishqorli yoki 
karbolliy eritmasi metilen ko‘ki, fuksin, binafsha rang gensian ishlatiladi. Bunda 
hujayraning hamma qismi bo‘yaladi. Turli bo‘yoqlar bilan differensiyalashgan 
bo‘yashda esa hujayraning ma’lum bir tegishli qismi bo‘yaladi. Bunga sporalarni 
Gramm usulida bo‘yashni keltirish mumkin. 
Mikrobiologiya texnikasida mikroorganizmlarni bo‘yash uchun quyidagi anilin 
bo‘yoqlari ishlatiladi: qizil bo‘yoqlardan - asosan fuksin, eritrozin; ko‘k bo‘yoqlardan- 
metilen ko‘ki, tionin; binafsha bo‘yoqlardan - gensian violet, metil violet va boshqa 
bo‘yoqlar ishlatiladi. Mikroblar quyidagi usullarda bo‘yaladi: 
1.
Oddiy usul.
Bunda fiksatsiya qilingan preparatlar faqat bir xil fuksin, metilin 
ko‘ki, gensian violet kabi bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. 
2.
Murakkab usul.
Bunda fiksatsiya qilingan preparat bir necha xil bo‘yoq bilan 
bo‘yaladi. Masalan: bakteriyalarni Gramm va bakteriya sporalarini Sil-Nilsen usulida 
bo‘yashlarni keltirish mumkin. 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin