Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/55
tarix26.11.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#135191
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Agrobiotexnologiya lab yangi

Nam sterillash.
Nam sterillash, ya’ni bug‘ yordami bilan sterillash uchun Kox 
apparati yoki avtoklav ishlatiladi. Kox apparati 
70-100ºС
da sterillaydi. Avtoklav 
100-
154ºС
haroratda bosim ostidagi bug‘ bilan sterillaydi. Avtoklav qo‘sh devorli qozondan 
iborat bo‘lib, vint bilan jips yopiladigan qopqog‘i, havo va bug‘ chiqaradigan jo‘mragi 
bor. Bundan tashqari, qozonga manometr o‘rnatilgan, u avtoklav ichidagi bug‘ bosimini 
ko‘rsatib beradi. Avtoklavning ehtiyot klapani ham bo‘ladi. Avtoklavga suv quyiladi, 
suvning ustida taglik turadi, Bu taglikda bug‘ o‘tadigan teshiklar bor. Sterillanadigan 
material o‘sha taglikning ustiga joylanadi. Avtoklavda ham suv - 
elektr yoki gaz 
alangasi
bilan isitiladi. Avtoklav qopqog‘i jips yopiladi, ichidagi suv qaynaguncha 
isitiladi. Avtoklav ichidagi butun havoni suv bug‘lari siqib chiqarguncha jo‘mragi ochib 
qo‘yiladi. Havo chiqib bo‘lgandan keyin jo‘mrak yopiladi, avtoklav ichida to‘plangan 
bug‘ esa bosimni oshiradi, natijada suvning qaynash harorati ko‘tariladi 
Avtoklavda bug‘ bosimi bilan sterillash tamom bo‘lgandan so‘ng uning 
qopqog‘ini birdan ochish xatarlidir. Avtoklav sovib, manometr strelkasi nolga 
tushgach, qolgan bug‘ni chiqarib yuborish uchun jo‘mrak ochiladi. Shundan 
keyingina avtoklav qopqog‘i ochilib, ichidagi sterillangan material olinadi. 
Tindallash. 
Tindallash usulida materiallarni Kox apparatida va avtoklavda 
sterillanadi. Qatorasiga uch kun, kuniga bir marta 30 daqiqadan Kox apparatida 
70-
100ºС
hароратда qizdirish mumkin. Birinchi marta 
100ºС 
gacha qizdirilgandan keyin 
o‘lmay tirik qolgan sporalar keyingi 24 soat ichida unib, tayoqchalarga aylanadi, 
tayoqchalar esa shu davrda yana spora hosil qilib ulgurmaydi. Shuning uchun, birinchi 
qizdirishdan 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin