9.5-rasm Bakteritsid lampa
9.6-rasm Laminar boks
Avtoklavda 120-130ºС haroratda bosim bilan 30 daqiqa davomida
sterillanadi. Bu haroratda mikroblarning hammasi ya’ni sporali va sporasiz
mikroblar ham nobud bo‘ladi.
Pasterizatsiyalash.
Pasterizatsiyalash materialni bir marta 70-100ºС
issiq
haroratda 10-30 daqiqa qizdirib olishdir. Bunda sporasiz mikroorganizmlar o‘ladi,
sporali mikroorganizmlar esa tirik qolaveradi. Pasterizatsiyalash uchun Kox apparatidan
foydalaniladi.
Ultrabinafsha nurlar bilan sterillash.
Bu usul 260-300 mkm to‘lqin uzunligidagi
ultrabinafsha nurlarining (UB) mikroorganizmlarni o‘ldirish xususiyatiga asoslangan.
Bokslardagi, mikroorganizmlarning o‘stirishga mo‘ljallangan
xonalardagi havoni
sterillash uchun turli quvvatdagi maxsus mikroorganizmlarni o‘ldiruvchi (bakteritsid)
lampalar qo‘llaniladi.
5- LABORATORIYA MASHG
‘
ULOTI
MIKROORGANIZMLARNI O‘STIRISH USHUN OZIQA MUHITLARI
TAYYORLASH
Mashg‘ulot o‘tish tartibi
:
Mikroorganizmlarni o‘stirish
uchun tayyorlanadigan
oziqa muhitlarining tarkibi va tayyorlash texnologiyalari bilan tanishiladi (go‘sht-
pepton buloni, kartoshkali oziqa va Chapeka oziqasi). Ph ni 7,4-7,6 ga teng qilib, oziqa
muhitlarni probirka va kolbalarga solib avtoklavda sterilizatsiya qiladilar. Avtoklavdan
olingan probirkadagi agarli oziqalar qiya qilib qo‘yiladi,
kolbadagilar esa Petri
likobchalarga solib qotiriladi.
Dostları ilə paylaş: