Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


Laboratoriya sharoitida mikroorganizmlarni o‘stirish uchun har bir



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/55
tarix26.11.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#135191
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Agrobiotexnologiya lab yangi

Laboratoriya sharoitida mikroorganizmlarni o‘stirish uchun har bir 
mikroorganizmning fiziologik guruhlariga ko‘ra maxsus oziqa muhitlari 
tayyorlanadi. Shu sababli har bir mikroorganizmni ajratish va xususiyatini 
o‘rganishda oziqani tarkibi, konsistensiyasi, kelib chiqishi va ishlatilishi har xil 
bo‘lgan oziqa muhitlari kerak bo‘ladi. Oziqa muhitlari tabiiy yoki sun’iy bo‘ladi.
Tabiiy
-
oziqa muhitlariga sut, tuxum, go‘sht, meva-sabzavotlar va boshqalar 
kiradi. 
Sun’iy 
- oziqa muhitlari alohida retseptlar asosida, o‘simlik va hayvon 
mahsulotlarining qaynatmalariga noorganik tuzlar hamda uglevodlar qo‘shilib 
tayyorlanadi. 
Sintetik 
- oziqa muhitlari asosan kimyoviy toza moddalarning (tuzlar, uglevod, 
aminokislota va vitaminlar va boshqalar) aniq nisbatlarida olingan holda tayyorlanadi. 
Oziqa muhitlari konsistensiyasiga ko‘ra suyuq, yarim suyuq va qattiq bo‘ladi. 
Suyuq oziqa muhitlari asosan suvdan va unda suyultirilgan moddalardan iboratdir 
(go‘sht suvi, go‘sht-pepton qaynatmasi, kartoshka suvi). 
Qattiq oziqa muhiti suyuq oziqaga 
jelatin
(10-15%) yoki 
agar-agar
(1-2%) 
qo‘shib tayyorlanadi. Yarimsuyuq oziqa muhitini tayyorlashda jelatin yoki agar-agardan 
kam miqdorda solinadi. 
Oziqa muhitlari belgilariga qarab oddiy, maxsus, elektiv va differensial-
diagnostik shaklda tayyorlanadi. 
Oddiy
 
oziqa -
ko‘pgina mikroorganizmlarni o‘stirish uchun ishlatiladi. Bularga 
dukkakli pepton qaynatmasi, go‘sht-pepton qaynatmasiva go‘sht - pepton agari kiradi. 
Maxsus
oziqa 
-alohida guruh yoki alohida tur mikroorganizmni ajratish uchun 
tayyorlanadi. Masalan, Omelyanskiy oziqa muhiti anaerob mikroblar uchun, Chapeka 
oziqa muhiti esa zamburug‘lar uchun tayyorlanadi. 


Elektiv 
oziqa
-
bitta turga mansub mikroorganizm uchun tayyorlanadi, boshqa 
mikroorganizmlar bunday oziqa muhitida o‘smaydi yoki rivojlanishi juda sekinlashib 
ketadi. Bunday oziqa muhitiga S.N.Vinogradskiyning yig‘ma oziqa muhiti misol 
bo‘ladi va bu oziqa ko‘pgina tuproq mikroorganizmlar uchundir. 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin