Uslubiy kо‘rsatma:
Mikroblarni о‘stirish uchun sterillangan oziqa muhitlari
tayyorlanadi. Tarkibida mikroorganizmlar bо‘lgan materialni (tuproq, suv, oziq-ovqat)
sterillangan
oziqa
muhiti yuzasiga tushirish
ekish
deyiladi. О‘stirilgan
mikroorganizmlarni oziqa muhiti solingan bir probirka, kolba
yoki Petri likobchasiga
ekish
qayta ekish
deyiladi. Mikroorganizmlarni oziqa muhitiga ekkanda havodan yoki
tevarak-atrofdagi narsalardan yot mikroblarning tushishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun
quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-
Spirt lampasi yoqiladi;
-
Chap qо‘lga ikkita – birinchisi, unib chiqqan va qayta ekiladigan mikroblar, ikkinchisi,
sterillangan oziqa muhiti solingan probirkalar olinadi. Mikroorganizmlar unib chiqqan
probirkadan ikkinchi probirkaga mikroblar olib ekiladi.
Probirkalar gorizontal
ushlanadi.
-
Bakteriologik sirtmoq tikka ushlanib, spirt lampasining alangasida qizarguncha
qizdiriladi. Sо‘ng sirtmoq alanga ustidan yotiq holda о‘tkaziladi, sirtmoqning simigina
emas, dastasini ham mikroblar nobud bо‘lishi uchun alangadan о‘tkazish kerak.
-
Ikkala paxta probka о‘ng qо‘lning kichik barmog‘i
bilan kafti orasida ushlanib,
probirkalar ochiladi.
-
Ikkala probirkaning chetlari spirt lampasining alangasiga tutib qizdiriladi.
-
Sirtmoq mikrobli probirkaga tiqilib, avval mikrobsiz joyiga tegiziladi, bundan maqsad,
sirtmoqning haddan tashqari qizib ketmaganligini tekshirib kо‘rishdir, sо‘ngra sirtmoq
bilan mikroblar yoki mikroblar aralashgan suyuqlikdan bir oz olinadi,
bunda
sirtmoqning probirkaning devorlariga tegizmasdan yangi sterillangan oziq muhiti ustiga
surkaladi yoki oziqa muhiti suyuq bо‘lsa, suyuqlikka botirib olinadi
-
Paxta probkalarning pastki uchlari va probirkalarning chetlari alangaga tutib kuydiriladi
va ikkala probirkaning og‘zi yopiladi.
-
Sirtmoqning spirt lampasining alangasiga tutib qizarguncha qizdiriladi.
Anaerob mikroorganizmlarni ekish uchun ular zich oziqa muhitining (GPA, GPJ)
orasiga kiritiladi, bunda u sanchib ekiladi. Buning uchun bakteriologik nina ishlatiladi.
Bunday nina simining uchi sirtmoqqa о‘xshab qayrilgan emas, balki о‘tkirlangandir.
Yuqorida keltirilgan
qoidalarga amal qilib, bunday nina bilan bir oz mikrob olinib,
qattiq oziqa muhiti ustuncha shaklida qotgan probirkaning tagigacha sanchiladi.
Dostları ilə paylaş: