Mog‘or zamburug‘lari xlorofilsiz mikroorganizmlardir. Shuning uchun ular faqat
organik birikmalar uglerodidan foydalanib oziqlanadi, ya’ni ular geterotroflardir. Aerob
zamburug‘lar turli substratlar yuzasida, faqat kislorod mavjudligida yashaydi.
Hujayralarida differensiyalangan yadrosi bor. Mog‘or zamburug‘lari ozuq muhitiga
talabchan emas, ya’ni muhit tanlamaydi, past temperaturaga yaxshi chidaydi,
muzlatkich kameralarda ham yashab, kо‘paya oladi. Ular orasida saprofitlar ham,
parazitlar ham uchraydi. Zamburug‘lar olti sinfga bо‘linadi: xitridiylar
(Chytridiomycetes), oomitsetlar (Oomycetes), zigomitsetlar (Zygomycetes) - bular
tuban zamburug‘lardir; askomitsetlar (Ascjmycetes), bazidiomitsetlar (Bazidiomycetes)
va deyteromitsetlar takomillashmagan zamburug‘lardir. (Deuteromycetes, Fungi
imperfecti) dir; bular yuksak zamburug‘lardir.
Petri likopchasidagi quyuq oziq muhitiga zamburug‘ mitseliysi yoki sporasi
(konidiyasi) shtrix usulda yoki sanchib ekiladi. 15-25 kun davomida har 2-3 kunda kо‘z
bilan chamalab kuzatib boriladi. Har gal kuzatilganda: koloniyaning о‘lchami (yirik-
maydaligi), shakli, zich yoki siyrakligi, tashqi chetining tuzilishi, о‘rtasining tuzilishi,
о‘rtasining tuzilishi yuzasi, koloniyalarning, mitseliyning va kо‘paytish organlarining
rang, substratning va koloniya tubining rangi, tomchi suyuqlik ajralishi aniqlanadi.
Mitseliy hosil qiluvchi zamburug‘lar quyuq muhitda yumaloq yoki yuzada keng
tarqalgan, substrat ichiga о‘sib kirmaydigan, pahmoq, ipsimon, о‘rgimchak tо‘risimon,
paxtaga о‘xshagan yoki unli koloniyalar hosil qiladi. Kо‘pchilik turlarining vegetativ
mitseliysi bо‘yalmagan. Faqat meva hosil qiluvchi mitseliysi pigmentli bо‘ladi. Shuning
uchun yosh koloniyalari oq yoki och kulrang bо‘ladi. Meva hosil qiluvchi organlari
rivojlana borgan sari koloniyalar sariq, pushti, qizil, yashil, qora va hokazo rangga
kiradi.
Shundan keyin bakteriyaning mitseliysi va kо‘payish organlari mikroskopda
о‘rganiladi. Bunda stereoskopik yoki oddiy mikroskopda о‘rganish vakoloniyalarni
bevosita Petri likopchasining о‘zidan kо‘rish mumkin. Mikroskopda 80-200 marta
kattalashtirib qarab, ochiq mitseliylar borligi, ularning xarakteri, xlamidosporalar va
sklerotsiylar hosil bо‘lishi, sporangiyaband va konidiyabandlarning, boshchalari
sporalari va konidiyalarning joylashuvi aniqlanadi. Koloniyaning cheti, pigmentlangan
va bо‘lmagan qismlari chegarasi va о‘rta kuzatiladi.
Mikroskopda kо‘riladigan preparatlar qizdirib, sо‘ngra sovitilgan ikkita preparat
oval ignada tayyorlanadi. Ignalarda mitseliyni meva hosil qiluvchi gifalari va yupqa
ozuq muhiti bilan oynasidagi 1:1 nisbatda olingan bir tomchi strukturasini buzib
yubormasdan. Gifalarni ninada tо‘g‘rilab (tekislab), ustiga qoplagich oyna yopiladi va
sekin bosiladi. Preparat dastlab 8x yoki 10x, keyin 40x obyektivda qaraladi. Meva hosil
qiluvchi gifalarning tuzilishi, sporalar (konidiyalar) ning о‘lchami, shakli va tuzilishi
600-800 marta kattalashtirib о‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: