Gelni rasmga olish. Zarur bulgan hollarda gel rasmga olinadi. Buning uchun
ochiq diafragmada sariq yoki sabzirang rang filtrlarida rasmga olinadi. Ekspozitsiya
empirik tanlanadi (odatda 5-10 daq). Gel akslanuvchi yoki о‘tuvchi ultrabinafsha
nurlarida (254 nm) ultrabinafsha nuri manbai tizimiga bog‘liq ravishda yoritiladi.
20- LABORATORIYA MASHG ‘ ULOTI O‘SIMLIK HUJAYRA VA TO‘QIMALARINI O‘STIRISH UCHUN OZIQA MUHITI TAYYORLASH VA STERILLASH USULLARI Nazariy qism: O‘simlikdan ajratilgan hujayra va to‘qimalar o‘stiriladigan ozuqa
muhitida o‘simliklarga kerakli hamma makroelementlar: azot, fosfor, kaliy, kalsiy,
oltingugurt, magniy, temir va mikroelementlar: bor, rux, mis, kobalt, marganets, yod
molibden, shuningdek, vitaminlar, ugelevodlar, fitogarmonlar.EDTA (etilen-diamin-
tetrasirka kislotasi) yoki uning natriyli tuzi kiritilishi kerak. Ajratilgan hujayra va
to‘qimalar o‘stiriladigan ozuqa muhitining asosiy tarkibiy qismini uglevodlar tashkil
qiladi, uglevod manbai sifatida saxaroza yoki glyukozaning 20-40 g/l miqdori
qo‘llaniladi. Kallusli to‘qimalar olishda ozuqa muhitlari tarkibiga auksin (hujayra
dedifferensirovkasini yuzaga keltiruvchilar) va sitoqinin (dedifferensiyalangan
hujayralarning bo‘linishini induksiyalovchi) kiritish kerak. Auksin manbai sifatida
ozuqa muhitlarda 2,4-dixlorfenoqsisirka kislotasi (2,4-D) % 1-10 mg/ml; indolilsirka
kislotasi (ISYU-1-30 mg/l, a-naftilsirka kislotasi (NSYU-0,1-2 mg/l kabilar ishlatiladi.
Sun’iy ozuqa muhitlarida sitoqinin manbai sifatida kinetin, 6-benzilaminopurin (6-BAP)
va zeatin (0,001-10mg/l) qo‘llaniladi. Qattiq ozuqa muhitni tayyorlashda 5-7 % agardan
foydalaniladi. Makro- va mikrotuzlar va vitaminlarning eritmalari yuqori miqdordagi
boshlang‘ich eritma holda tayyorlanib, ularni ko‘p marta suyultirib ishlatish mumkin.
Har xil turlarga mansub o‘simliklar hujayralari, to‘qimalari va organlarini o‘stirishda
turli tarkibdagi ozuqa muhitlaridan foydalaniladi. Ko‘pincha Murasige-Skuga, Uayt,
Gamborga (V-5) ozuqa muhitlari ishlatiladi. Murasiga-Skuga ozuqa muhitlaridan
turlicha modifikatsiyalar bilan apikal meristemalar o‘stirishida va o‘simliklarni
mikroqo‘paytirishda foydalanish mumkin.