probirkadan olinadi, har birida bargli poya va qо‘ltiq kurtak bо‘lgan bо‘laklarga
bо‘linadi. Har bir qalamcha Murasige-Skuga ozuqa muhiti
solingan probirkalarga
о‘tqaziladi. Qalamcha yordamida kо‘paytirish novdaning о‘sish nuqtasini olib tashlash
yо‘li bilan apikal ustunlikni kamaytirib, yon meristemalarning faollanishiga asoslangan.
Qalamchaning yon kurtagini ozuqa muhitiga о‘tkazilganda undan novda о‘sib chiqadi.
Keyingi qalamchalash har 14-21 kundan sо‘ng olib boriladi. Bitta о‘simlikdan 5-8
qalamcha olinadi. 3 oy mobaynida qalamchalash yо‘li bilan 3-5 ming о‘simlik, 7 oy
ichida esa kо‘payish koeffetsentini 1:30-40 mingga yetkazish mumkin. Sо‘ngra,
sog‘lomlashtirib ekiladigan materiallarni kо‘paytirishning keyingi bosqichi, yani
issiqxonalarda olib boriladigan bosqichiga о‘tiladi. Bunda probirkadagi о‘simliklar
agarli ozuqa muhiti bilan birgalikda tuproqli tuvaklarga ekiladi. О‘simliklar 3-7 kuni
Knop eritmasi va Murasige-Skuga bо‘yicha mikroelementlar bilan 5 ml boshlang‘ich
eritmaning 1x100 konsentratsiyali 1 l suvdagi eritmasi bilan oziqlantiriladi. 7-10 kundan
sо‘ng о‘simliklar virussiz
tuganaklar olish uchun, issiqxonalarga doimiy joyiga
о‘tkaziladi va olingan hosil keyinchalik dalaga ekiladi.
Dostları ilə paylaş: