Ishning borishi:
Dastlab laminar boksni spirt bilan sterillab olinadi.
Probirka ham spirt bilan artib, og‘zini spirt lampasida kuydiriladi. Steril sharoitda
probirkada о‘stirilgan kartoshka о‘simligini pinset yordamida olib sterillangan
yostiqchaga qо‘yiladi.
О‘simlik pinset yordamida ushlab turilgan holda uzunligi 5-10 mm bо‘lgan bо‘laklarga
bо‘linadi. О‘simlik kesmalarda bо‘g‘imlar bо‘lmasligi kerak. Skalpel yordamida har bir
eksplantda kesiklar qilinadi (keyinchalik aynan shu kesiklar bо‘lgan joyda kalluslar
paydo bо‘ladi).
Agar-agar muhitini erishishgacha qizdirib, 37-46 gradusgacha sovutiladi (haroratni qо‘l
bilan aniqlasa ham bо‘ladi, idishning osti issiq bо‘lishi kerak). Sо‘ng sterillangan Petri
chashkalariga 15-30 ml miqdorida oziqa muhiti qо‘yib chiqiladi. Muhit qattiq shaklga
qaytganidan sо‘ng, eksplantlar pinset yordamida kо‘chirib о‘tkaziladi. Har bir Petri
chashkasida eksplantlar 10-20 tadan oshmasligi kerak, ular ekilganda oziqa muhiti bilan
yaxshi aloqada bо‘lishi uchun pinset yordamida muhitga chuqurroq kiritiladi. Petri
chashkalari qopqog‘i germetik ravishda berkitiladi va 22-25 gradusli termostatga 3
haftaga о‘stirish uchun joylashtiriladi.
3 haftadan sо‘ng xosil bо‘lgan kallus tо‘qimalari kо‘zdan kechiriladi va ularning
shakli chizib olinadi.
Dostları ilə paylaş: