Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


TINIM HOLATIGA О‘TISHI VA UYG‘ONISHINI BOSHQARISH



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/55
tarix26.11.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#135191
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
Agrobiotexnologiya lab yangi

TINIM HOLATIGA О‘TISHI VA UYG‘ONISHINI BOSHQARISH 
 
Materiallar va jihozlar: 
kartoshka, gibbirilin, 2-xloretinfosfon etil spirti, 
eritmalar tayyorlash va kartoshkani namlash uchun idishlar, termostat, qog‘oz paketlar. 
Tushuntirish: 
О‘zbekistonning janubida kartoshkadan bir yilda ikki marta hosil 
yetishtirish mumkin. Ammo, yozda havo haroratining yuqoriligi sababli yozda pishib 
yetilgan kartoshka kelasi yilgacha saqlanmaydi. Yoki, kuzgi kartoshkaning yozning 
о‘rtasigacha urug‘lik sifatida saqlash imkoniyati yо‘q. Shu sababli kartoshkaning 
о‘sishini vaqtincha tо‘xtatuvchi fitoregulyatorlar ushbu muammoni hal etilishida muhim 
ahamiyatga ega. Hozirgi paytda о‘simliklarning о‘sish jarayonini boshqarish bilan bir 
qatorda о‘simliklarning fiziologik tinim holatini boshqarish imkoniyatlari ham mavjud. 
Kartoshkadan bir yilda ikki marta hosil olish uchun tuganaklarning о‘sishini 
tezlashtiruvchi fitogarmonlar bilan ishlov beriladi. 
Ishning 
borishi: 
gibbirilin, 
2-xlor-etinfosfon 
kislotasining 
eritmalari 
tayyorlanadi. Kartoshka ana shu eritmalarga botiriladi, 10-20 minutdan sо‘ng kartoshka 
olinib quritiladi (filtr qog‘ozi bilan), paketlarga solinib, variantlar termostatga 
joylashtiriladi. 14 kundan sо‘ng kо‘kargan kо‘zlari hisoblanadi. Ana shu hisob-kitoblar 
bо‘yicha olingan ma’lumotlar bо‘yicha qaysi konsentratsiya kartoshkani yaxshi 
kо‘karishi va kо‘karishi tо‘xtashi aniqlanadi. 
27- LABORATORIYA MASHG‘ULOTI 
MAVZU: TUGANAK BAKTERIYALARNI SOF KULTURASINI AJRATISH 
VA ULAR ASOSIDA PREPARATLAR TAYYORLASH
 
 
Nazariy qism:
Havodagi molekulyar azotning biologik usulda tuproqqa yig‘ilishi 
qishloq xo‘jaligida kata ahamiyatga ega. Atmosfera havosining 70 % ni erkin azot 
tashkil etadi. Atmosferadagi azot zahirasidan o‘simlik to‘liq foydalana olmaydi. 
Havodagi azotni o‘zlashtirib, uni o‘simlik oziqlana oladigan holga keltira oladigan 
alohida mikroblar bor. Bu mikroblar azotfiksatorlar deyiladi. Azotfiksatorlarning ikki 
biologic gruppaga bo‘linadi; 
1.Simbiotik azot fiksatorlar 
2.Erkin holda yashovchi azotfiksatorlar. 


Simbiotik azotfiksatorlar tuganak bakteriyalar bo‘lib, dukkakli o‘simliklar bilan 
simbioz holatda yashaydi va havodagi azotni tuproqqa yig‘ilishiga yordam beradi.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin