Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/55
tarix26.11.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#135191
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Agrobiotexnologiya lab yangi

Azotobakterin 
— preparati о‘zida atmosferadan azot о‘zlashtirish qobiliyatiga ega 
bо‘lgan tuproq mikroorganizmlaridan biri 
Azotobacter chroococcum 
kulturasini 
saqlaydi. 
Azotobacter 
bakteriyasi aerob va sporasiz bо‘lib tuproqda erkin yashaydi. 
О‘g‘it sifatida ushbu bakteriya tuproqda tо‘planganda tuproqqa biologik faol moddalar 
(nikotin va pantoten kislotalar, piridoksin, biotin, geteroauksin, gibberlin va boshqalar), 
о‘simlik о‘sishi va rivojlanishini boshqaruvchi moddalar, shuningdek, anisomitsin 
guruhidan fungitsidli moddalar hosil qiladi, ular esa ba’zi bir о‘simlik rizosferasidagi 
zararli Azotobakterning barcha turlar - qat’iy aeroblardir. Bu mikroorganizmlar oziqa 
muhitidagi organik va noorganik birikmalar kо‘rinishidagi fosforga о‘ta sezgir bо‘lib, 
uning yuqori miqdori oziqada mavjud bо‘lsa juda yaxshi rivojlanadi. 


Fosfor yetishmaganda ularning azot о‘zlashtirish qobiliyati va rivojlanishi keskin 
susayadi. Azotobakterlarning kо‘pchilik turlari esa muhitda azot mavjud bо‘lgandagina 
azot о‘zlashtirish xususiyatlarini namayon qiladilar. Kulturalarning azot о‘zlashtirish 
qobiliyatini ammiak pasaytiradi, ammo molibden birikmalari va ba’zan vanadiy esa 
oshishiga ta’sir kо‘rsatadi. 
Mikrobiologik sanoat asosida azotobakterning bir necha turlari ishlab chiqariladi: 
quruq, tuproqli va torfli. 
Fosfobakterin 

Bacillus megaterium var. phosphaticum 
mikroorganizmi 
sporalarini saqlovchi bakterial о‘g‘itdir. 
Bu bakteriyalar murakkab fosfooorganik birikmalar (nuklein kislotalar, 
nukleoproteidlar va x.k.) va qiyin о‘zlashtiriladigan mineral fosfatlar (pirofosfatlar, 
polifosfatlar)ni о‘simlik о‘zlashtirishiga qulay holatga aylantirib berish xususiyatiga 
egadir. Bundan tashqari, biologik faol moddalar ishlab chiqaradilar (tiamin, piridoksin, 
biotin, pantoten va nikotin kislotalar, V
12
-vitamini va x.k.), bular esa о‘simliklar 
о‘sishini boshqarishda, ayniqsa dastlabki о‘sish bosqichlarida katta ahamiyat kasb etadi. 
Fosfobakterin fosfor о‘g‘itlari о‘rnini egallamaydi va ularsiz ta’sir ham etmaydi. 
Preparatning asosiy samaradorlgi о‘stirish xususiyati bilan belgilanadi. 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin