texnologiyasi jarayonida faqatgina tirik xо‘jayin-hasharotlardan foydalanishi talab
etiladi.
Har qanday virusli preparatni ishlab chiqarish xо‘jayin-hasharotni ularning
fiziologik sog‘lomligini ta’minlovchi sun’iy oziqa muhitida о‘stirishdan boshlanadi.
Ma’lum bir rivojlanish fazasida (odatda qо‘ng‘iz davrida) hasharotlar ovqatiga virusli
suspenziya qо‘shish yо‘li bilan ular zararlantiriladi. Buning uchun inokulyat oldindan
bir qancha kasallangan lichinkalardan olib tayyorlanadi.
Hashoratlar zararlangandan sо‘ng uning tо‘qimasida maksimal viruslar
tо‘planishini ta’minlovchi qat’iy aniq sharoitda saqlanadi. 7-9 kundan keyin nobud
bо‘lgan va chalajon lichinkalar yig‘iladi, 33-35
O
C da ular quritiladi, mexanik usulda
tо‘qimalar yig‘indisi - tana maydalanadi.
Olingan massaga fiziologik eritma yoki distillangan suv 1 qо‘ng‘izga 1 ml
hisobida qо‘yiladi, maydalanib suyultirilgan tо‘qima filtrlanadi. Ishlab chiqarish
preparati virin - EKS poliedralari filtratni sentrafigura usulida chо‘ktirib olinadi.
Chо‘kma minimal miqdorda distillangan suvda suyultiriladi va 1 ml dan 1 mlrd. gacha
poliedrlar titri bо‘lguncha sterillangan glitserin qо‘shiladi. Tayyor preparat flakonlarga
bir yoki bir necha gektarga yetarli miqdordagi meyorda joylanadi. Ushbu texnologiya
inokulyat sarfi bilan taqqoslanganda poliedrlar miqdorini 5-10 ming marta oshirish
imkoniyatini beradi. Bitta qо‘ng‘izda о‘rtacha 36 mlrd.gacha poliedrlar uning quruqmas
og‘irligining 30% ini tashkil etuvchi 36 mlrd.gacha poliedrlar olish imkoniyati mavjud.
Ishlab chiqarishda virin-ENSH preparati filtratiga laktoza qо‘shiladi aralashtirilgandan
sо‘ng suspenziya hajmining 4:1 nisbatida atseton qо‘shiladi.
Tindirilgandan sо‘ng ustki qism suyuqligi tо‘kiladi chо‘kma esa atseton tо‘liq
uchib ketguncha quritiladi. Tayyor preparat formasini tayyorlashda quruq chо‘kma
qо‘shimchalar - kaolin yoki bentonitga 1 grammlari 1 mlrd. poliedrlar titrini olishgacha
aralashtiriladi. Preparatning yog‘li formasi chо‘kmani dastlab steril 50% li glitserin
eritmasida 1 ml da poliedrlar titri 2 mlrd. - bо‘lguncha despirgirlash yо‘li bilan
tayyorlanadi, keyin steril holda solyar moyi hajmi miqdorida qо‘shiladi, aralashtiriladi
va flakonlarga qо‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: