Aholining takror barpo bo’lishi



Yüklə 475 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü475 Kb.
#138439
Aholining takror barpo bo’lishi

Aholining takror barpo bo’lishi

  • BAJARDI : MIRZALIYEV G’AYRAT

Reja

  • 1. Aholining takror barpo bo’lishi
  • 2. Aholi takror barpo bo’lish turlari
  • 3. Tug’ilishning Brutto va Netto koeffitsenti
  • 4. O’lim jadvali ( life table, mortality table)

Aholining takror barpo bo’lishi

  • Aholining takror barpo bo‘lishi jamiyat davomiyligini ta’minlovchi asosiy jarayon bo‘lib, inson avlodining muntazam yangilanib turishidir. Inson dunyoga kelib yashaydi, balog‘at yoshiga yetib, farzand ko‘radi, nasl qoldiradi. Bu uzviy jarayon tufayli jamiatda avlodlar almashadi, aholi takror va takror barpo bo‘laveradi. Aholining takror barpo bo‘lishi jamiyatning mavjudligini, aholi sonini o‘sib borishini ta’minlovchi jarayondir. Lekin, u bevosita ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan bog‘liq holda sodir bo‘ladi.
  • Insonlar o‘z hayotlari davomida boshqa insonlarni dunyoga kelishiga omil bo‘ladi. Aholini takror barpo bo‘lish jarayoni ijtimoiy muhit uchun ham muhim omil sanaladi. Ayni vaqtda insonlar o‘z hayotlari uchun zarur narsalarni (oziq-ovqat, turar-joy va kiyim-kechak va h.k.) yaratib, ishlab chiqarishni rivojlantiradilar. Bu jarayonda insonning bilim, ilm darajasi, malakasi, hayotga, uzoq umr ko‘rishga bo‘lgan intilishi, harakati kuchayib boradi. Demak dunyoga kelgan inson jamiyatda yashashi bilan uning sifatiy xususiyatlari ham rivojlanadi.

Mutaxassislar aholi takror barpo bo‘lishini aholining uch asosiy: tabiiy, hududiy (migratsiya) va sosial harakatlari yig‘indisi sifatida tahlil etadilar.

  • Mutaxassislar aholi takror barpo bo‘lishini aholining uch asosiy: tabiiy, hududiy (migratsiya) va sosial harakatlari yig‘indisi sifatida tahlil etadilar.
  • Aholining takror barpo bo‘lishida uning tabiiy harakati, ya’ni tug‘ilish va o‘lim asosiy omil hisoblanadi. Tug‘ilishning yuqori bo‘lishi aholi takror barpo bo‘lishi jarayonini kuchaytiradi va aholi sonini ko‘payib borishiga olib keladi. Avlodlarning almashinuvi, ularning uzoq yashashi esa o‘lim jarayoniga bog‘liqdir. O‘z navbatida inson hayotida o‘limning sodir bo‘lishi qator endogen va ekzogen omillar, hamda jamiyatdagi sosial muhit bilan bog‘liqdir. Inson hamisha uzoq umr ko‘rishga intiladi. Har bir jamiyatda insonning uzoq umr ko‘rishi, avlodlar salomatligi uchun ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlar yaratiladi. Natijada insonlarning uzoq umr ko‘rishiga: o‘lim hollarini esa sotsial chora tadbirlar bilan boshqarishga erishiladi.

Avlodlarni uzoq-umr ko‘rishi, tashqi muhit bilan uzoq muloqotda bo‘lishi uning demografik mayliga ham ta’sir ko‘rsatadi. Aholi tez sur’at bilan kamayib borishiga ham omil bo‘ladi. Natijada avlodlar o‘rtasida tug‘ilishni, ya’ni nasl qoldirishni boshqarish hollari keng tarqala boshlaydi. Demak, aholining takror barpo bo‘lishi uning tabiiy harakatiga bog‘liq. Aholi tabiiy harakati esa o‘z navbatidagi sosial muhit ta’sirida o‘zgarib boradi.

  • Avlodlarni uzoq-umr ko‘rishi, tashqi muhit bilan uzoq muloqotda bo‘lishi uning demografik mayliga ham ta’sir ko‘rsatadi. Aholi tez sur’at bilan kamayib borishiga ham omil bo‘ladi. Natijada avlodlar o‘rtasida tug‘ilishni, ya’ni nasl qoldirishni boshqarish hollari keng tarqala boshlaydi. Demak, aholining takror barpo bo‘lishi uning tabiiy harakatiga bog‘liq. Aholi tabiiy harakati esa o‘z navbatidagi sosial muhit ta’sirida o‘zgarib boradi.
  • Ma’lum hudud va davlat aholisining takror barpo bo‘lishida aholining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi, ya’ni hududiy harakati ham ahamiyatlidir. Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rasatishicha aholi takror barpo bo‘lishining asosi bo‘lgan tug‘ilish, shahar turmush tarzi ta’sirida kamayib borgan. Aksincha, qishoq turmush tarzi ta’siri tug‘ilishni nisbatan yuqori darajada saqlanib qolishga olib kelgan. Aholining shahardan qishloqqa, yoki qishloqdan shaharga kelib yashashi bevosita uning reproduktiv mayliga ta’sir etib, tug‘ilishni kamayishi yoki ko‘tarilishiga olib keladi. Xuddi shunday aholining sosial harakati uning ma’lumotlilik darajasini oshib borishi, ilm malaka talab etgan xizmat doirasida faoliyat ko‘rsatishi, tibbiy bilimlardan ko‘proq xabardor bo‘lishi, uning uzoq umr ko‘rishiga, nasl qoldirish-farzandlar ko‘rishiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi

Aholi takror barpo bo'lishining quyidagi uch turi farqlanadi:

  • 1. Toraygan takror barpo bo'lish — bunda yashayotgan aholi o'zining o'rnini
  • to'ldiruvchilarni takror barpo qilmaydi. O'tayotgan avlodlarning soni hayotga
  • qadam qo'yayotgan avlodlarning sonidan ortiq bo'ladi.
  • 2. Oddiy takror barpo bo'lish. Aholi takror barpo bo'lishining mazkur turida
  • hayotga qadam qo'yayotgan avlod bilan keksa avlod soni teng bo'ladi va aholining
  • statsionar turi vujudga keladi.
  • 3. Kengaygan takror barpo bo'lish. Bu turda hayotga qadam qo'yayotgan har bir
  • avlod ketayotgan avlod soniga nisbatan ko'pligi bilan tavsiflanadi. Aholida yosh
  • jinsiy tarkibining progressiv turi vujudga keladi. uning mutlaq soni esa osha
  • boradi.

Toraygan, oddiy va kengaygan takror barpo bo'lishlarni ikki nuqtai nazar bo'yicha qarab chiqish mumkin:

  • Toraygan, oddiy va kengaygan takror barpo bo'lishlarni ikki nuqtai nazar bo'yicha qarab chiqish mumkin:
  • kogortlar bo'yicha avlodlar almashinuvi, ya’ni muayyan bir yilda tug'ilgan, o'z hayotining mahsuldorlik davridagi erkak yoki ayolning ketayotgan kogorti o'zidan keyin o'rniga qancha miqdor- dagi avlodni qoldirib ketayotganligi;
  • aholini ro'yxatdan o'tkazish davridagi zamondoshlarning ketayotgan har bir jamlanmasi avlodlar o'lim darajasini hisobga olgan holda o'zidan keyin hayotga qadam qo'yayotganlarning qancha miqdorini qoldirib ketayotganligi bo'yicha. Shunday qilib, aholining takror barpo bo'lishi inson avlodining muntazam yangilanib turishi bo'lib, uning toraygan, oddiy va kengaygan turlari bir-biridan farq qiladi.

Yüklə 475 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin