Magistrlik dissertatsiya ishining asosiy natijalari: ishda qoʻllanilgan metod va yondashuvlarning ilmiy-uslubiy jihatdan asoslanganligi, bilish nazariyasi boʻyicha respublika, xorij davlatlari olimlari va amaliyotchilarining tadqiqotlariga asoslanilganligi, tadqiqot metodlarining dissertatsiya vazifalariga muvofiq tanlanganligi, tajriba-sinov ishlari natijalari mаtemаtik-stаtistik usullar vositаsida tasdiqlanganligi, xulosa va tavsiyalarning ilmiy-amaliy xarakterga ega ekanligi bilan belgilanadi.
Shuningdek, “kasbiy motivatsiyani rivojlantirish” tushunchasi mazmunining, kasbiy motivatsiyaning umumiy tuzilmasi, tayanch va xususiy komponentlar tizimi, boʻlajak tarbiyachi-pedagoglar kasbiy motivatsiyasini shakllantirishning pedagogik-psixologik jihatlari aniqlanganligi, kasbiy motivatsiyani shakllantirish texnologiyasining didaktik ta’minoti takomillashtirilganligi va asoslanganligi bilan izohlanadi.
Magistrlik dissertatsiya ishining rejasi. Dissertratsiya ishi, 3 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat boʻladi.
I BOB. Maktabgacha ta’lim muassasalarida boʻlajak tarbiyachi-pedagoglarda kasbiy motivatsiyani shakllantirishning nazariy asoslari 1.1. Kasbiy motivatsiyani shakllantirish pedagogik muammo sifatida
1.2. Kasbiy motivatsiyani shakllantirish boʻyicha xorij tajribasi: global aspekt
1.3. Boʻlajak tarbiyachi-pedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorlash amaliyoti: tavsif va tahlil
II BOB. Boʻlajak tarbiyachi-pedagoglarda kasbiy motivatsiyani shakllantirishning didaktik tizimi 2.1. Kasbiy motivatsiyani shakllantirish mazmuni va tuzilmasi
2.2. Kasbiy motivatsiyani shakllantirish texnologiyalari
2.3. Kasbiy motivatsiyani shakllantirish modeli
III BOB. Boʻlajak tarbiyachi-pedagoglarda kasbiy motivatsiyani shakllantirish samaradorligi 3.1. Boʻlajak tarbiyachi-pedagoglarda kasbiy motivatsiyani shakllantirishga oid oʻtkazilgan tajriba-sinov ishlari mazmuni
3.2. Pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalari va tahlili
Umumiy xulosa va tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati