Ajratilgan to‟ldiruvchi - gapdagi biror to‘ldiruvchining ma‘nosini ta‘kidlab, unga izoh berib, alohida ohang bilan aytiladigan bo‘lak
Ajratilgan hol - gapda o‘zidan oldingi holning ma‘nosini izohlab, ta‘kidlab, maxsus ohang bilan aytiladigan bo‘lak.
Undalma-so‘zlovchining nutqi qaratilgan boshqa bir shaxs yoki predmetni bilgiradigan so‘z yoki so‘z birikmasi. Undalma gap bo‘laklari bilan Grammatik aloqada bo‘lmaydi.Buvazifada kishi nomlari,kishilarning lavozimi, unvoni, qarindoshligi va sh.k.larni bildiruvchi atamalar,geografik nomlar va b.keladi.
Kirish konstruksiya - gap bo‘laklari bilan sintaktik bog‘lanmagan, gap bo‘lagi vazifasida bo‘lmagan, gapning ayrim bo‘laklari yoki butun gapning mazmuniga so‘zlovchining turlicha munosabatini ifodalovchi tuzilma.
Kirish so‟z - gap bo‘laklari bilan sintaktik bog‘lanmagan, gap bo‘lagi vazifasida bo‘lmagan, gapning ayrim bo‘laklari yoki butun gapning mazmuniga so‘zlovchining turlicha munosabatini ifodalovchi so‘z.
Kirish gap - xuddi kirish so‘z kabi vazifa bajaruvchi gap.
Kirish birikma - xuddi kirish so‘z kabi vazifa bajaruvchi so‘z birikmasi.
Kiritma konstruktsiya-gap bo‘laklari bilan shakliy - grammatik bog‘lanmagan, asosiy gapdagi fikrga qo‘shimcha, yo‘l–yo‘lakay yangi fakt bayon qiluvchi, to‘ldirish, aniqlik kiritish maqsadida qo‘llanuvchi tuzilma.Kiritma gap - xuddi kiritma so‘zga o‘xshash vazifani bajaruvchi gap.
Kiritma so‟z - gap bo‘laklari bilan shakliy - grammatik bog‘lanmagan, asosiy fikrga qo‘shimcha, yo‘l – yo‘lakay qo‘shimcha fakt bayon qiluvchi, to‘ldirish, aniqlik kiritish va sh. k. maqsadda qo‘llanuvchi so‘z.
Kiritma so`z birikmasi - xuddi kiritma so‘zga o‘xshash vazifaga ega bo‘lgan so‘z birikmalari.
Bir tarkibli gap - predikativ asosi ega yoki kesimga teng gap
Shaxsi aniq gap - ega qatnashmaydigan, lekin harakatni bajaruvchi shaxs gapning tuzilish asosi bo‘lgan kesim tomonidan aniq ko‘rsatib turiladigan gap