Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Yüklə 184,86 Kb.
səhifə15/44
tarix20.11.2023
ölçüsü184,86 Kb.
#133430
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
Ona tili praktikum OMK.

So`z birikmasi
6-§. Odatda, nutqda, gapda so`zlar ma’lum qonun-qoidalar asosida o`zaro ma’no va grammatik jihatdan bog`langan bo`ladi. Masalan, qiziqarli kitob, toqqa chiqmoq, tez o`qimoq. Bunday juftlik bir butunlik hosil qilib, yaxlit, lekin o`z ichida qismlarga bo`linadigan bir butun tushunchani bildiradi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so`z va so`z shakllarning nopredikativ tobe aloqasi asosida birikishidan hosil bo`lgan bog`lama so`z birikmasi deyiladi.
So`z birikmasi mustaqil so`zlarning bog`lanishidan hosil bo`ladi, yordamchi so`zlar (ko`makchilar) o`z oldidagi mustaqil so`z bilan birikmaning bir qismi, a’zosi sanaladi. Masalan, do`stlik haqida suhbatlashmoq, qarsaklar bilan olqishlamoq kabi.
So`z birikmasi tarkibidagi so`zlardan biri hokim, ikkinchi tobe bo`ladi. So`z birikmasi boshqaruv, bitishuv, muvofiqlashuv usullari bilan hosil bo`ladi.
So`z birikmasi frazeologik iboralardan farq qiladi. Frazeologik iboralar so`z kabi til birligi bo`lib, so`z kabi tayyor holda qo`llanib, bir butun holda lug`aviy ma’no ifodalaydi va gapda bitta gap bo`lagi vazifasini bajaradi. So`z birikmasi esa nutq birligi bo`lib, nutq so`zlanib turgan paytda tuziladi va tarkibidagi qismlar, a’zolar boshqa-boshqa gap bo`lagi vazifasini bajaradi.
So`z birikmasini gapdan farqlash lozim. So`z birikmasi tushuncha ifodalab, nominativ (nomlash, atash) vazifasini bajaradi, shuning uchun intonatsion tugallikka ega bo`lmaydi. Gap esa fikr bildirib, kommunikativ (aloqa qilish) va kognitiv (fikr almashish) vazifalarini bajaradi. So`z birikmasi kamida ikki mustaqil so`zdan tuzilsa, gap ba’zan bir so`zdan ham tashkil topishi mumkin.
So`z birikmasi o`zaro teng bog`langan so`zlardan ham farq qiladi. Masalan: Maqsad va marom insonning eng buyuk quvvatidir. (Oz-oz o`rganib dono bo`lur). Bunda maqsad va maarom so`zlari o`zaro teng bog`lanib, gapda uyushiq bo`lak hosil qilib, so`z birikmasi sanalmaydi.


So’z birikmasi va uning turg’un birikma va gapdan farqi.
So’z birikmasi turg’un birikmalardan farq qiladi. Turg’un birikmalar til birligi bo’lib, bir leksik ma’no ifodalaydi va ko’pincha bitta gap bo’lagi vazifasini bajaradi. Masalan: Notiq takliflarni ovozga qo’yishni so’radi. So’z birikmasi esa nutq birligi bo’lib, nutq so’zlanayotgan paytda tuziladi va tarkibidagi komponentlar boshqa-boshqa gap bo’lagi bo’lib keladi.
So’z birikmasini gapdan ham farqlash lozim. So’z birikmasi tushuncha ifodalab, nominativ (atash) vazifasini bajaradi, shuning uchun intonatsion tugallikka ega emas. Gap esa fikr ifoda qilib, kommunikativ (aloqa qilish) vazifasini bajaradi, inntonatsiya jihatidan ham tugallikka ega bo’ladi. So’z birikmasi kamida ikki so’zdan tuziladi, gap esa bazan bir so’zdan ham tashkil topishi mumkin.
So’z birikmasi teng bog’langan so’zlardan ham farq qiladi. Masalan: Terak va o’rik sarjinlar charsillab yonmoqda.(O.) Bunda terak va o’rik so’zlari teng bog’lanib, uyushiq bo’lak hosil qilib, so’z birikmasi sanalmaydi.

Yüklə 184,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin