Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Tirening qo‘llanish o‘rinlari



Yüklə 184,86 Kb.
səhifə23/44
tarix20.11.2023
ölçüsü184,86 Kb.
#133430
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44
Ona tili praktikum OMK.

Tirening qo‘llanish o‘rinlari
1. Ot-kesimli gaplarda kesimlik bog‘lamasi qo‘llanmagan holatlarda ega va kesim o‘rtasida tire qo‘yiladi. Masalan: ...Har bir kashfiyot – kollektiv intilishlarining mahsuli! (O‘.U.)
2. Ot-kesimli gaplarda kesimlik bog‘lamasi qo‘llansa-da, eganing ma’nosini alohida ta’kidlash maqsadida ega va kesim orasida tire ishlatiladi: O‘sish – ulg‘ayish demakdir.
3. Ajratilgan bo‘laklarni boshqa gap bo‘laklaridan chegaralash, ularni alohida ta’kidlash maqsadida tire qo‘llanadi. Bunda quyidagi holatlar kuzatiladi:
a) ajratilgan bo‘lak o‘zi bog‘langan bo‘lak bilan bir umumiy grammatik ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, ajratilgan bo‘lakning oldidangina tire qo‘yiladi. Masalan: Qiz o‘sha xonada – oxirgi bo‘lmada edi. (So‘zl.);
b) uyushiq ajratilgan bo‘laklar orasida vergul qo‘llanganda, bu bo‘laklar har ikki tomondan tire bilan ajratiladi. Masalan: Allaqayda − kovakdami, terakzordami- qurbaqa qurillab, ko‘klamni olqishlaydi. (S.Ahm.);
v) kesimga yaqin holatdagi izoh xarakteridagi ajratilgan bo‘laklarning oldidan tire qo‘yiladi. Masalan: Mashinaning xo‘jayini-chol anqayib qolgan edi. (A.M.);
d) mazmunan izohlanadigan bo‘lakdek shaklga ega ajratilgan bo‘laklar har ikki tomondan tire bilan chegaralanadi. Masalan: Hamma narsa- uylar, devorlar- qorong‘ilikka cho‘kdi. (O.)
4. Kiritmalarni chegaralashda har ikki tomondan tire qo‘yiladi: Esiz, hammasi puchga chiqdi − hozirgi yoshlar nimalar qilishmaydi – endi boshqa yo‘lni qidirmasak bo‘lmas. («Yoshlik».)
5. Biror tashkilot, muassasa nomini bildirgan ikki atoqli ot orasida tire qo‘yiladi. Masalan: Angren − Toshkent poyezdi.
6. Makon va zamon o‘rtasidagi chegarani ifoda etishda, sahifalarni qayd etishda tire qo‘yiladi. Masalan: 60-70- yillar, 54-68-betlar, X-X1 asrlar.
7. Qaror, farmon, ko‘rsatmalarda numerativlar o‘rnida tireni quyish mumkin bo‘ladi.
8. Kesimi yoki kesim tarkibi qo‘llanmagan elliptik gaplarda egadan so‘ng tire qo‘yiladi. Masalan: Hamma − hasharga!
9. Uyushiq bo‘laklarni umumlashtiruvchi so‘zdan ajratishda uyushiq bo‘laklardan so‘ng tire qo‘yiladi. Masalan: Aql, iroda, mantiq- hammasi bor... (A.M.)
10. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida ta’kid, zidlik, shart, sabab, payt, o‘xshatish mazmuniy munosabatlari shakllanganda, gap tarkibiy qismlari orasida tire qo‘yiladi. Masalan: Hech erni qilma orzu-u yerda bor toshu tarozi. (Maqol.). Kechasi xizmatda-kunduzi izzatda. It huradi-karvon o‘tadi. (Maqol.) Amalga mag‘rur bo‘lsang- to‘zdiradi.. Shu yo‘l bilan bordik − etdik murodga (U.) Erga qaradim – yerga qaradim. (Maqol.).
11. Tarkibiy qismi elliptik qo‘llanishga ega bo‘lgan gapning ega vaziyatidagi bo‘lagidan so‘ng tire ishlatiladi: Oltin o‘tda bilinadi, odam − mehnatda. (Maqol.)
12. Dialogli qurilmalarda personajlar nutqini bir-biridan ajratishda tire qo‘yiladi. Masalan: - Elnurni tanirdingizmi? - Elnurni?! (S.A.)
13. Ko‘chirma gapni muallif gapidan ajratish uchun tire qo‘yiladi. Masalan: Bilasizmi, −- dedi Nosirov, − keyingi ikki yil ichida rahbar besh marta almashinibdi. (A. Q.)



Yüklə 184,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin