Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Yüklə 184,86 Kb.
səhifə36/44
tarix20.11.2023
ölçüsü184,86 Kb.
#133430
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
Ona tili praktikum OMK.

Shaxsi noma‟lum gap - ega qatnashmaydigan, shu bilan birga uchinchi shaxs shaklidagi fe‘l - kesim bajaruvchi shaxsni aniq ifodalamaydigan gap
Shaxsi umumlashgan gap - ega qatnashmaydigan, kesimi aniq shaxs shaklida bo‘lsa -da, lekin mazmunan umumga qaratiladigan gap
Shaxssiz gap – faqat kesim tarkibidan iborat bo‘lib, bajaruvchi shaxs ma‘nosi umuman ifodalanmaydigan gap
Nominativ gap - bosh kelishikdagi so‘z yoki ot birikma bilan ifodalanadigan bir tarkibli gap.
Toliq gap- matn va nutq sharoitisiz ham fikrning to‘la (aniq) ifodalanish imkoniyatini beradigan bo‘laklari mavjud bo‘lgan gap.
To‟liqsiz gap- grammatik tuzilishi yoki tarkibi nuqtai nazaridan to‘liq bo‘lmagan (tarkibida bir yoki bir necha bo‘laklari ishtirok etmagan),lekin bu noto‘liqlik nutqiy matn yoki vaziyatdan aniq sezilib turadigan gap.
Kirish konstruksiya - gap bo‘laklari bilan sintaktik bog‘lanmagan, gap bo‘lagi vazifasida bo‘lmagan, gapning ayrim bo‘laklari yoki butun gapning mazmuniga so‘zlovchining turlicha munosabatini ifodalovchi tuzilma.
Kirish so‟z - gap bo‘laklari bilan sintaktik bog‘lanmagan, gap bo‘lagi vazifasida bo‘lmagan, gapning ayrim bo‘laklari yoki butun gapning mazmuniga so‘zlovchining turlicha munosabatini ifodalovchi so‘z.
Kirish gap - xuddi kirish so‘z kabi vazifa bajaruvchi gap.
Kirish birikma - xuddi kirish so‘z kabi vazifa bajaruvchi so‘z birikmasi.
Kiritma konstruktsiya-gap bo‘laklari bilan shakliy – grammatik bog‘lanmagan, asosiy gapdagi fikrga qo‘shimcha, yo‘l–yo‘lakay yangi fakt bayon qiluvchi, to‘ldirish, aniqlik kiritish maqsadida qo‘llanuvchi tuzilma.Kiritma gap - xuddi kiritma so‘zga o‘xshash vazifani bajaruvchi gap.
Kiritma so‟z - gap bo‘laklari bilan shakliy - grammatik bog‘lanmagan, asosiy fikrga qo‘shimcha, yo‘l – yo‘lakay qo‘shimcha fakt bayon qiluvchi, to‘ldirish, aniqlik kiritish va sh. k. maqsadda qo‘llanuvchi so‘z.
Kiritma so`z birikmasi - xuddi kiritma so‘zga o‘xshash vazifaga ega bo‘lgan so‘z birikmalari.

Yüklə 184,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin