Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Toliq gap- matn va nutq sharoitisiz ham fikrning to‘la (aniq) ifodalanish imkoniyatini beradigan bo‘laklari mavjud bo‘lgan gap. To‟liqsiz gap-



Yüklə 184,86 Kb.
səhifə37/44
tarix20.11.2023
ölçüsü184,86 Kb.
#133430
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
Ona tili praktikum OMK.

Toliq gap- matn va nutq sharoitisiz ham fikrning to‘la (aniq) ifodalanish imkoniyatini beradigan bo‘laklari mavjud bo‘lgan gap.
To‟liqsiz gap- grammatik tuzilishi yoki tarkibi nuqtai nazaridan to‘liq bo‘lmagan (tarkibida bir yoki bir necha bo‘laklari ishtirok etmagan),lekin bu noto‘liqlik nutqiy matn yoki vaziyatdan aniq sezilib turadigan gap.
Kirish konstruksiya - gap bo‘laklari bilan sintaktik bog‘lanmagan, gap bo‘lagi vazifasida bo‘lmagan, gapning ayrim bo‘laklari yoki butun gapning mazmuniga so‘zlovchining turlicha munosabatini ifodalovchi tuzilma.
Kirish so‟z - gap bo‘laklari bilan sintaktik bog‘lanmagan, gap bo‘lagi vazifasida bo‘lmagan, gapning ayrim bo‘laklari yoki butun gapning mazmuniga so‘zlovchining turlicha munosabatini ifodalovchi so‘z.
Kirish gap - xuddi kirish so‘z kabi vazifa bajaruvchi gap.
Kirish birikma - xuddi kirish so‘z kabi vazifa bajaruvchi so‘z birikmasi.
Kiritma konstruktsiya-gap bo‘laklari bilan shakliy - grammatik bog‘lanmagan, asosiy gapdagi fikrga qo‘shimcha, yo‘l–yo‘lakay yangi fakt bayon qiluvchi, to‘ldirish, aniqlik kiritish maqsadida qo‘llanuvchi tuzilma.Kiritma gap - xuddi kiritma so‘zga o‘xshash vazifani bajaruvchi gap.
Kiritma so‟z - gap bo‘laklari bilan shakliy - grammatik bog‘lanmagan, asosiy fikrga qo‘shimcha, yo‘l – yo‘lakay qo‘shimcha fakt bayon qiluvchi, to‘ldirish, aniqlik kiritish va sh. k. maqsadda qo‘llanuvchi so‘z.
Kiritma so`z birikmasi - xuddi kiritma so‘zga o‘xshash vazifaga ega bo‘lgan so‘z birikmalari.

TEST SAVOLLARI



1. Ot so‘z turkumi, unga xos grammatik kategoriya(xususiyat)lar, otlarning yasalishi, ot yasovchi qo‘shimchalar tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) morfologiya B) morfologiya va sintaksis C) morfologiya va so‘z tarkibi D) morfologiya va so‘z yasalishi
2. Qaysi qatordagi so‘zlar faqat ot turkumiga mansub?
A) kelma, o‘qima, tugma B) gazlama, childirma, ko‘rsatma
C) yasama, qaynatma, to‘qima D) yigirma, sekinlama, surma.

Yüklə 184,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin