10. Olmoshning gapdagi vazifasi qaysi qatorda to‘liqroq va to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) ega B) to‘ldiruvchi C) aniqlovchi D) aniqlovchi, to‘ldiruvchi, ega, undalma
1. Go‘dakday uxlaydi tunda odamlar. Ushbu misoldagi fe’lning sintaktik vazifasini ko‘rsating.
A) ega B) to‘ldiruvchi C) kesim D) aniqlovchi
2. Biz muzeyga bordik. Ushbu gapdagi bordik so‘zining lug‘aviy ma’nosi qaysi qatorda berilgan?
A) fe’l B) I shaxs ko‘plikda C) o‘tgan zamon fe’l
D) lug‘aviy ma’nosi berilmagan.
3. Kuyindi, kuyundi so‘zlari o‘zaro qanday farqlanadi?
A) kuyundi – fe’l, kuyindi – ot B) kuyindi – fe’l, kuyundi – fe’l C) kuyindi talaffuz qilinadi, kuyundi yoziladi D) kuyundi talaffuz qilinadi, kuyindi yoziladi
4. Harakat fe’llariga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni toping.
A) shaxsning jismoniy faoliyati natijasida ro‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar B) narsaning jismoniy faoliyati natijasida ro‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar
C) shaxsning aqliy faoliyati natijasida ro‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar D) A, B.
5. Holat fe’llariga to‘g‘ri ta’rif berilgan javobni toping.
A) shaxslarning ichki kechinmalarini ifodalovchi fe’llar B) narsalarning bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tishini ifodalovchi fe’llar C) A, B D) shaxslarning bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tishini ifodalovchi fe’llar.
6. Quyidagi fe’llardan qay biri nutqiy faoliyat fe’llari guruhiga kiradi? 1) gapirmoq; 2) pichirlamoq; 3) yozmoq;
4) o‘qimoq; 5) ijod qilmoq; 6) fikrlamoq; 7) ekmoq;
8) duduqlanmoq; 9) yurmoq;10) qaramoq; 11) fahmlamoq;
12) isitmalamoq
A) 8, 11,12. B) 1, 4, 5 C) 3, 4, 5, 11. D) 1, 2, 8.
Dostları ilə paylaş: |