Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/53
tarix02.12.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#137349
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53
kompyuter taminoti

Periferiya shinalari 
Periferiya shinalari juda ham xilma-xildir. IDE (Integrated Drive Electronics), 
EIDE (Enhanced IDE), SCSI (Smale Computer System Interface) lokal shinalari 
ko’proq faqat tashqi qurilmalarida ishlatiladi.
Hozir keng tarqalgan AT Attachment (ASA) 
interfeysi, 
1988 yilda IBM PC AT 
SHK foydalanuvchilariga taklifetilib, Integrated Drive Electronics (IDE) nomi ostida 
keng ma’lum, bitta yig’uvchi sig’imini 504 Mbayt bilan chegaralaydi (bu sig’im 
«kallak—cilindr—sektor» an’anaviy adreslashning adres kengligi bilan cheklangan: 
16 ta kallak x 102 ta cilindr x 63 ta sektor x 512 bayt sektorda q 504 Kbayt q 
528482304 bayt) va 5-10 Mbayt/s qiymatlarni uzatish tezligini ta’minlaydi.
Kallaklar, cilindrlar va sektorlar bo’yicha ham an’anaviy (lekin kengaytirilgan) 
adreslashni, ham logik bloklarni (Logic Block Adress LDA) adreslashni 
ishlatadigan 
Fast ATA-2 yoki Enhanced IDE (EIDE)
interfeysi 
840 Mbaytgacha 
disk sig’imini va 16 Mbayt/s gacha almashish tezligini ta’minlaydi. EIDE ga 4 


=-24-= 
tagacha yig’uvchilar, shu jumladan CD ROM ham, QMLY ham ulanishi mumkin. 
BIOS ning eski versiyalarida EIDE ni qo’llash uchun maxsus drayver kerak.
ATA va ATA-2 bilan bir qatorda murakkabroq diskli Small Computer System 
Interface interfeyslarining uchta versiyasi: SCSI-1, SCSI-2 va SCSI-3 keng 
ishlatilmoqda. Ularning afzalliklari: ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligi (Fast 
Wide SCSI-2 interfeysi va yaqin vaqtda qutilayotgan SCSI-3 interfeysi 40 Mbayt/s 
gacha tezlikni ta’minlaydi ), ulanadigan yig’uvchilarning ko’p soni (7 donagacha) va 
maksimal sig’imi; ularning kamchiliklari: narxi balandligi (ATA dan taxminan 5—10 
marta qimmatroq), o’rnatish va sozlash murakkabligi. SCSI-1 interfeysi 8 bitli 
shinaga ega; SCSI-2 va SCSI-3 — 16-bitli va kuchli mashina-serverlarda va ishchi 
stanciyalarida ishlatishga mo’ljallangan.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin