=-28-=
interfeys (ingl. interface) – kompyuterda mavjud qurilmalarni о‘zaro ulab, ular
о‘rtasida aloqa bog‘lash va unumli hamkorligini ta’minlash uchun mо‘ljallangan
vositalar majmui. kiritish-chiqarish porti (ingl. I/O – Input/Output port) –
mikroprotsessorga SHKning boshqa qurilmasini bog‘lash imkonini beruvchi ulash
apparati.
Mikroprotsessor
, boshqacha nomi – markaziy protsessor (MzP).
Markaziy protsessor (CPU, ingl. Central Processing Unit) – kompyuterning dastur
tomonidan berilgan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan asosiy ish
komponenti bо‘lib, hisoblash jarayonini boshqaradi va
kompyuterda mavjud barcha
qurilmalar ishini muvofiqlashtiradi. Aksariyat hollarda MzP о‘z ichiga: arifmetik-
mantiqiy qurilmani; ma’lumotlar shinalari
va manzillar shinalarini; registrlarni;
komandalar hisoblagichini;kesh – kichik hajmli (virtual) xotiraga juda tez (8 dan 512
Kbaytga qadar) saqlash qurilmasini; nuqtasi о‘zgaruvchan
sonlarning matematik
soprotsessorini mujassam etadi.