Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/53
tarix02.12.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#137349
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
kompyuter taminoti

Intel korporatsiyasi 
Intel - INTegrated ELectronics korporatsiyasi 1968 yili Robert Noys (Robert 
Noyce) va Gordon Mur (Gordon Moore) tomonidan yaratilgan bо‘lib, ularga, 
keyinchalik Intel korporatsiyasining Direktorlar kengashi raisi lavozimigacha 
kо‘tarilgan Endryu Grouv (Andrew Grove) ham о‘sha yili qо‘shildi. 1974 yili 
korporatsiyaga uning bо‘lajak prezidenti va bosh boshqaruvchisi Kreyg Barrett 
(Craig Barrett) keldi. 
Biroq, bungacha mikroprotsessorni yaratish borasidagi dastlabki tajribalar dastlab 
Shockley Semiconductor Laboratory firmasi sо‘ngra Fairchild Semiconductor 
firmasida (yarim о‘tkazgichlar laboratoriyalari) о‘tkazilgan edi. Noys va Gordon 
ikkala firma xodimlari bо‘lishib, ular yaratishgan Intel, ushbu firmalarda tо‘plangan 
tajribalarni tabiiy ravishda о‘ziga mujassam etgan qandaydir alkimyo tarkibga 
о‘xshash korxona bо‘ldi. 
Noys miyasiga sxema yig‘ish mobaynida simlardan foydalanmasdan elementlarni 
bitta kremniyli plastina ustida yig‘ib, о‘zaro ulab kо‘rish g‘oyasi kelgan. 


=-32-= 
1959 yili Noys diffuzion integral yoki metall changi purkalgan rezistorlar haqida, 
teskari yо‘nalishga qо‘zg‘atilgan pn-о‘tishlar yordamida asboblarni bir-biridan 
izolyatsiya qilish xususida hamda yuzaga metall changini purkash yо‘li bilan hosil 
qilingan oksidlarda ochilgan teshiklar orqali elementlarni bir-biri bilan ulash 
tо‘g‘risida о‘zining birinchi batafsil ma’lumotnomasini havola etdi. Yana bir oy 
о‘tgach, Noys bir nechta elementlarni bitta kristall ustiga joylashtirish g‘oyasi bilan 
о‘rtoqlashdi. Ayni shu fursatdan integral sxema haqidagi g‘oya real voqelikka 
aylandi. Fairchild Semiconductor muvaffaqiyat chо‘qqisiga chiqqan paytda Robert 
Noys va Gordon Mur Intel firmasini yaratish maqsadida о‘z firmalarini tark etishdi. 
О‘sha davrdan e’tiboran Intel firmasi, unda ishlaydigan xodimlar soni 64 mingdan 
oshib ketgan, har yili (1997 yil oxirida olingan ma’lumotlarga kо‘ra) 25 milliard 
dollardan ortiq yillik daromad kо‘radigan, mikroprotsessor ishlab chiqarish bо‘yicha 
dunyoda eng yirik korxonaga aylanib qoldi. 
Hisoblash mashinasining “miyasi” deb nom olgan mikroprotsessor shaxsiy 
kompyuter va boshqa kо‘plab elektron qurilmalarni boshqaradigan bosh organ 
vazifasini bajaradi. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin