=-34-=
shaxsiy kompyuter prototipini ishlab chiqishda kiritish-chiqarish terminali sifatida
8008 rusumli protsessorni qо‘lladi.
8080 rusumli mikroprotsessor
1974 yili chiqarilgan 8080 rusumli mikroprotsessor
korporatsiyaga chinakam
muvaffaqiyat keltirdi. Tashqi xotira “
stek
”ining (rus. “stek”) paydo bо‘lishi ayni shu
mikroprotsessor bilan bog‘liq bо‘lib, kiritilgan har qanday dasturdan foydalanish
imkonini yaratdi. Ushbu protsessor “Altair” rusumli birinchi shaxsiy kompyuterning
“miya”si sifatida qо‘llandi.
8086-8088 rusumli mikroprotsessor
1978 yili Intel firmasi birinchi bо‘lib 16 bitli 8086
rusumli mikroprotsessorni
ishlab chiqardi. Ushbu mikroprotsessor 80x86 deb nom olgan butun boshli
mikroprotsessorlar oilasining ajdodi bо‘ldi. Sal о‘tgach, uning о‘rniga 8088
rusumli
mikroprotsessor kelib, u 16 bitli ichki registrlarga ega va 8086 mikroprotsessorining
arxitekturasini takrorlagan bо‘lsa ham, tashqi ma’lumotlar shinasi 8 bitni tashkil
etgan. IBM korporatsiyasining endigina tashkil topgan bо‘linmasi shaxsiy kompyuter
yaratish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bо‘lib, ushbu bо‘linma tomonidan xarid
qilingan mazkur qurilmalarning yirik partiyasi 8088
rusumli protsessorni IBM PC
ning miyasiga aylantirdi.
Dostları ilə paylaş: