=-38-=
sifatli grafika, video tasvir va tovush bilan bog‘liq ishlar о‘ta yuqori unumdorlikka
ega protsessorlarni yaratish zaruriyatini tug‘dirdi. Bunday ehtiyojning oshishiga,
shuningdek, Internet (Internet) tarmog‘ining ravnaq topishi va shunga muvofiq
axborotning har-xil turlarini mavjud aloqa yо‘llari orqali uzatish (yetkazish)
zaruriyati yuzaga chiqqanligi ham sabab bо‘ldi. Intel korporatsiyasi muhandislari 57
ta yangi yо‘riqnoma ishlab chiqdilar.
Ushbu yо‘riqnomalar jadal hisoblash amallari bajarilishini talab etib,
protsessorlarning muayyan turi ilovalariga xos bо‘lgan odatiy sikllar bajarilishi
mobaynida ish unumdorligini oshirish imkonini yaratdi.
Ushbu yangi protsessorlar Intel firmasida yaratilgan 0,35 mikronli yanada
yaxshilangan KMOP-texnologiyalar asosida ishlab chiqildi. Mazkur texnologiya
quvvat kam sarf etilib, unumdorlikni oshirish imkoniyatini beradi. MMX
texnologiyasiga ega Pentium protsessor о‘z ichiga 4,5 million tranzistorni mujassam
etgan bо‘lib, unga MMX yо‘riqnomalari kiritilganidan tashqari arxitekturasi ham
sezilarli yaxshilangan. Jumladan, kristallga joylashtirilgan keshxotira qurilmasining
hajmi ikki barobar oshirilgan (ya’ni endi u 32 Kb ga teng) va shartli о‘tishlarni
oldindan samarali aytish mumkin. Bu esa protsessorning standart etalonli sinovlarida
unumdorlikning 10-20% ga oshirish imkonini berdi.
MMX texnologiyasi Intel arxitekturasi bilan tо‘liq moslashishni ta’minlaydi.
Bundan tashqari, ushbu texnologiya keng qо‘llanilib kelayotgan operatsion tizimlar
va amaliy dasturiy ta’minot bilan tо‘liq moslashadi. Ushbu texnologiya bо‘lg‘usi
protsessorlarda joriy etildi.
Dostları ilə paylaş: