Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Pentium II rusumli protsessor



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/53
tarix02.12.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#137349
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53
kompyuter taminoti

Pentium II rusumli protsessor 
1997 yil 7 may kuni Nyu-Yorkda Intel korporatsiyasi о‘zining oldin Klamath ish 
nomi bilan tanish bо‘lgan Pentium II rusumli protsessorini rasman havola etdi. 
Umumiy fazilatiga kо‘ra, ushbu protsessor MMX texnologiyasiga ega Pentium Pro 
protsessor kо‘rinishiga ega bо‘lib, о‘zining ajdodidan kichik va о‘rta biznes 
sohalarida qо‘llanilishi uchun mо‘ljallanganligi bilan farq qiladi. Pentium II stol 
ustiga о‘rnatiladigan shaxsiy kompyuterlar, tarmoqqa ulanadigan shaxsiy 


=-39-= 
kompyuterlar, ish stansiyalari va boshlang‘ich pog‘onadan ishlatiladigan serverlar 
ichiga о‘rnatish uchun mо‘ljallangan. 
О‘z ichiga 7,5 million tranzistorni mujassam etgan Pentium II rusumli 
protsessorda audio, vizual va grafik ma’lumotlarga samarali ishlov berilishini 
ta’minlovchi Intel MMX texnologiyasi joriy etilgan. Kristall va yuqori tezlik bilan 
ishlaydigan keshxotira qurilmasining mikrosxemasi bir tomonlama kontaktga ega 
(Single Edge Contact – SEC) korpus ichiga joylashtirilgan. Ushbu korpus, oldin 
chiqarilgan juda kо‘p kontaktlarga ega bо‘lgan protsessorlardan farqliroq, bir 
tomonlama ajratkich vositasida tizim platasi ustiga о‘rnatiladi. Nisbatan arzon narx 
bilan “Pentium Pro qudrati”ni ta’minlash uchun Intel korporatsiyasi L2-cache ichida 
BSRAM rusumli kesh-xotira qurilmasini qо‘llashga majbur bо‘ldi (aslida Pentium 
Pro ichida maxsus buyurtma bilan о‘rnatiladigan narxi qimmat kesh qо‘llaniladi). 
PGA korpusi ichiga protsessor yadrosi va kesh-xotira qurilmasini montaj qilish 
mobaynida yuzaga keladigan brak foizi ham juda muhim omil ekanligi va shu bois 
montaj ishlari Pentium Pro ishlab chiqarilishida eng qimmat bosqich ekanligi ayon 
bо‘ldi. Natijada, ushbu muammolarning aksariyat qismini hal etgan о‘sha SEC-
kartridj (Single Edge Connection Cartridge) va unga hamroh bо‘lgan slot 1 paydo 
bо‘ldi. 
Mazkur protsessor foydalanuvchilarga raqamli foto suratlarni shaxsiy kompyuter 
ichiga kiritish va ishlov berish, ularni Internet orqali dо‘stlar va qarindoshlarga 
yuborish, matnlar yozib, tahrirlash, musiqiy asarlar va hattoki oilaviy kino uchun 
kichik sahnalar yaratish hamda ushbu video tasvirlarni oddiy telefon simi vositasida 
Internet tarmog‘i orqali uzatish (qabul qilish) imkoniyatini beradi. 

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin