=-43-=
ishlovchi kesh-xotira qurilmasi о‘rtasidagi signal о‘tkazish yо‘lini ikki hissa
kо‘paytirish imkonini yaratdi.
О‘z navbatida, tizimga oid takomillashtirilgan buferlashtirish jarayoni
“buferlar”ning soni ortishi tufayli ma’lumotlarning tizim shinasidan protsessorga
jadal о‘tishini ta’minlaydi.
0,18 mikronli yangi ishlab chiqarish jarayonida ftor bilan legirlangan kremniy
dioksididan (SiOF) tayyorlangan kam hajmli izolyatorlarga ega alyuminiydan
qilingan olti qatlamli о‘zaro birikmalar qо‘llaniladi. Bu esa, о‘z navbatida, iste’mol
qilinadigan kuchlanishni 1,1-1,65 Voltga qadar pasaytirish imkonini yaratadi
(bugungi protsessorlar ichida eng kо‘p energiya iste’mol qiladiganlari 1,35 Volt
kuchlanish iste’mol qiladi). Pentium III protsessorlari kontaktlari bir tomonda
joylashtirilgan kartridj kо‘rinishida ishlab chiqariladi (Single Edge Contact Cartridge
2, S.E.C.C.2). Bunday kartridj protsessorni о‘rnatish va himoya qilish qulayligini
hamda kelgusida ishlab chiqariladigan yuqori unumdor tizimlarga moslashishini
ta’minlaydi. 440BX rusumli AGPplatforma bilan mos kelishi protsessorning mavjud
tizimlarga о‘rnatish imkonini beradi va kompyuter bozorida yanada yangi
kompyuterlar chiqarilishini jadallashtiradi.
Dostları ilə paylaş: