=-46-=
Asosiy xotira
(AX) ma’lumotlarni saqlash va mashinaning boshqa bloklari
bilan ma’lumotlarni almashish uchun mo’ljallangan. AX ikki xil eslab qoluvchi
qurilmani o’z ichiga oladi: doimiy eslab qoluvchn qurilma (DEQQ) va tezkor eslab
qoluvchi qurilma (TEQQ).
DEQQ, (ROM — Read Only Memory) O’zgarmaydigan (doimiy) dasturli va
ma’lumotnoma axborotlarini saqlash uchun mo’ljallangan; O’zida saqlanayotgan
ma’lumotni faqat tezkor o’qish imkonini beradi (DEQQdagi axborotni o’zgartirish
mumkin emas).
TEQQ (RAM — Random Access Memory) SHK joriy vaqt oralig’ida
bajarayotgan, bevosita axborot-hisoblash jarayonida qatnashayotgan ma’lumotlarni
(dasturlar va ma’lumotlarni) tez yozish, saqlash va o’qish uchun mo’ljallangan.
Asosiy xotiraning asosiy afzalliklari – uning yuqori tezkorligi va xotiraning har
bir yacheykasiga aloxida murojaat qilish (yacheykaga bevosita adresli murojaat
qilish) imkoniyatidir. Asosiy xotiraning kamchiligi sifatida mashina ta’minoti
uzilgandan keyin undagi ma’lumotlarni saqlash imkoniyati yo’qligini (energiyaga
borliqligi) ta’kidlash kerak.
Asosiy xotiradan tashqari SHK ning tizimli platasida energiyaga bog’liq
bo’lmagan CMOS RAM (Complementary Metall-Oxide Semiconductor RAM) xotira
ham mavjud bo’lib, u doimo o’zining akkumulyatoridan ta’minlanadi; unda SHK
ning texnikaviyli joylashishi (kompyuterda bor bo’lgan hamma texnikaviyura)
to’g’risidagi ma’lumot saqlanib, bu joylashish tizim har safar ulanganda tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: