Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


-MAVZU. MIKROPROSESSORNING TUZILISHI



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/53
tarix02.12.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#137349
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53
kompyuter taminoti

9-MAVZU. MIKROPROSESSORNING TUZILISHI 
Reja: 
1.
 
Arifmetik-mantiqny qurilma (AMK)
2.
 
Mikroprocessning interfeysli qismi 
3.
 
Mikroprotsessor arxitekturasi
Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMK) — 
sonli va belgili axborot ustida barcha 
arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan (SHK larning ba’zi 
modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo’shimcha matematik 
soprocessor ulanadi).
Arifmetik-mantiqiy qurilma 
(AMK) axborotni o’zgartirishni arifmetik va 
mantiqiy amallarini bajarish uchun mo’ljallangan.
Funksional jihatdan AMK, odatda 2 ta registrdan, qo’shuvchidan summator va 
boshqarish sxemasidan (maholliy boshqarish qurilmasi) tashkil topadi.
Qo’shuvchi — 
uning kirishiga kelayotgan ikkilik kodlarni qo’shish jarayonini 
bajaruvchi hisoblash sxemasidir; qo’shuvchi ikkilangan mashina so’zi 
razryadliligiga egadir.


=-53-= 
Registrlar 
turli uzunlikdagi tez harakat qiluvchi xotira yacheykalaridir: Registr 
1 (Rg 1) ikkilangan so’z razryadliligiga, Registr 2 (Rg 2) esa so’z 
razryadliligiga egadir.
Amallarni bajarishda Rg1 ga amalda qatnashuvchi birinchi son, amal 
tugagandan keyin esa natija joylashtiriladi; Rg2 ga — amalda qatnashuvchi ikkinchi 
son joylashtiriladi (amal tugagandan keyin undagi ma’lumot o’zgarmaydi). Registr 1 
ma’lumotlarni kodli shinalaridan qabul qilishi va unga ma’lumotlarni berishi 
mumkin; registr 2 bu shinalarddn ma’lumotlarni faqat olishi mumkin.
 
Boshqarish sxemasi 
ko’rsatmalarning kodli shinasi bo’yicha boshqarish 
signallarini boshqarish qurilmasidan qabul qiladi va ularni registrlarning va AMQ 
qo’shuvchisining ishlashini boshqarish uchun signallarga o’zgartiradi.
AMQQ: arifmetik amallarini faqat oxirgi razryaddan keyin qayd qilingan 
vergulli ikkilik ma’lumot ustida, ya’ni faqat butun ikkilik sonlar bilan bajaradi. 
Ko’chib yuradigan vergulli ikkilik sonlar va ikkilik-kodlangan o’nlik sonlar ustida 
amallarni bajarish yo matematik soprocessorni jalb etib, yoki maxsus tuzilgan 
dasturlar bo’yicha amalga oshiriladi.
Mikroprotsessorli xotira 
Mikroprotsessorli xotira (MPX) — uncha katta bo’lmagan sig’imli, lekin o’ta 
yuqori tezkor xotira — SHK ning eslab qoluvchi qurilmalari bobida qisqacha ko’rib 
chiqilgan

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin