=-21-=
EISA ( Extended ISA ) shinasi —
32-razryadli qiymatlar shinasi va 32-
razryadli adreslar shinasidir, 1989-yilda yaratilgan. Shinaning adres kengligi 4 Gbayt,
o’tkazish qobiliyati 33 Mbayt/s, shu bilan birga MP-kesh-TX kanali bo’yicha
almashish tezligi xotira mikrosxemasining parametrlari bilan aniqlanadi, kengaytirish
raz’yomlari soni ko’paytirilgan: nazorat jihatdan 15 tagacha qurilma ulanishi mumkin
(amalda 10 tagacha). Uzilishlar tizimi yaxshilangan, tizimni avtomatik
konfiguraciyani va DMA ni boshqarishni taninlaydi; ISA shinasi bilan to’liq mos
keladi (ISA ni ulash uchun raz’yom bor), shina hisoblash tizimlarining ko’p
processorli arxitekturasini qo’llab-quvvatlaydi. EISA shinasi juda qimmatdir va
tezkor SHK larda, tarmoqli serverlarda va ishchi-stanciyalarda qo’llaniladi.
MSA ( Micro Channel Architecture ) shinasi
— 32-razryadli shina, 1987 yilda
IBM firmasi tomonidan PS/2 mashinalari uchun yaratilgan, o’tkazish qobiliyati 76
Mbayt/s, ishchi chastotasi 10—20 MGc. O’zining tavsiflari bo’yicha EISA shinasiga
yaqinroq, lekin ISA bilan ham, EISA bilan ham mos kelmaydi. PS/2 EHM birinchi
navbatda yaxshi ishlab chiqilgan amaliy dasturlarning yo’kligi tufayli keng
tarqalmaganligi sababli, MSA shinasi ham keng ishlatilmaydi.
Dostları ilə paylaş: