=-22-=
Interfeyslarni ishlab chiqaruvchilar lokal shinalarni yaratish yo’lidan bordilar,
bu shinalar bevosita MP ning shinasiga ulanib, ular MP ning taktli chastotasida (lekin
uning ichki ishchi chastotasida emas) ishlaydi va MP ga nisbatan ba’zi tashqi tezkor
qurilmalar: asosiy va tashqi xotira, videotizimlar va b. bilan aloqani ta’minlaydi.
Hozir universal lokal shinalarning 2 ta asosiy standarti mavjud: VLB va PCI.
• VLB (Vesa Local Bus) shinasi 1992 yilda videojixozlar standartlari associaciyasi
(VESA — Video Equipment
Standards
Assotiation) tomonidan ishlab chiqilgan va shuning uchun ko’pincha VESA
shinasi deb atashadi.
VLB shinasi, moxiyati jihatidan, videoadapter va qisman vinchester,
multimedia
platalari, tarmoqli adapter bilan aloqa qilish uchun MP ni ichki
shinasining kengaytmasidir. SHina razryadliligi — 32 bit, yaqin orada shinaning 64-
razryadli varianta chiqadi. VLB bo’yicha qiymatlarni uzatishning haqiqiy tezligi —
80 Mbayt/s (nazariy erishiladigani — 132 Mbayt/s).
Shinaning kamchiliklari:
• 80386, 80486 MP lari bilan ishlashga mo’ljallangan, hozircha Pentium,
Pentium Pro, Power PC processorlari uchun moslashmagan;
• MP ning taktli chastotasiga qattiq bog’liqligi (har bir VLB shinasi faqat aniq
bir chastotaga mo’ljallangan);
• ulanadigan qurilmalar sonining kamligi — VLB shinasiga faqat 4 ta qurilma
ulanishi mumkin;
• shina xakamining yo’qligi — ulanadigan qurilmalar o’rtasida
ziddiyatlar
bo’lishi mumkin.
• PCI shinasi (Peripheral Component Interconnect) 1993 yilda Intel firmasi
tomonidan ishlab chiqilgan.
PCI shinasi VLB ga qaraganda birmuncha universalroq hisoblanadi, u istalgan
MP bilan ishlash uchun mos kelishi mumkin: 80486, Pentium, Pentium Pro,
Power
PC va b. ; u avtokonfiguraciyalash imkoniyati bilan turli xil konfiguraciyali 10 ta
qurilmani ulash imkonini beradi, o’zining «hakamiga», qiymatlarni uzatishni
boshqarish vositalariga ega. PCI shinasi hozircha ancha qimmat.
=-23-=
PCI ning razryadliligi — 32 bit, uni 64 gacha
kengaytirish imkoniyati bor,
nazariy o’tkazish qobiliyati 132 Mbayt/s, 64 bitli variantda esa — 263 Mbayt/s (2
marta pastroq).
PCI shinasi lokal bo’lsa ham kengaytirish shinasining ko’pgina vazifalarini
bajaradi, va xususan, ISA, EISA, MCA kengaytirish
shinalari PCI shinasi bor
bo’lganda bevosita MP ga emas (VLB shinasini ishlatilgani kabi), balki PCI
shinasining o’ziga (kengaytirish interfeysi orqali) ulanadi (u ular bilan mos keladi).
Tizimlarning VLB va PCI shinalari bilan konfiguraciyalarning variantlari mos
ravishda 38 - va 39 -rasmlarda ko’rsatilgan. SHuni ta’kidlash kerakki, SHK da VLB
va PCI shinalarini faqat mos ravishda VLB yoki PCI-bosh platasi bor bo’lganda
ishlatish mumkin.
Multishina strukturali bosh platalar ishlab chiqarilmoqda,
ular VIP shinali
(VLB, ISA va PCI ning bosh harflari bo’yicha) bosh plata deb ataluvchi ISA/EISA,
VLB va PCI shinalarini ishlatishga imkon beradi. Ba’zi shinalarning kiyosiy texnik
tavsiflari 20-jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: