SHKning asosiy bloklari va ularning vazifalari. Shaxsiy kompyuterning
tuzilishi
SHKning asosiy bloklari va ularning vazifalarini kо‘rib chiqamiz.
Mikroprotsessor
(MP). Bu, SHKdagi markaziy blok bо‘lib, mashinaning barcha
bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy
operatsiyalar bajarish uchun mо‘ljallangan.
Mikroprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi: boshqaruv qurilmasi (BQ) – oldin
bajarilgan operatsiyalarning natijalari va ayni fursatda bajarilayotgan operatsiyadan
kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini (boshqaruv impulslarini)
shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga zaruriy fursatlarda uzatib boradi;
bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini
shakllantirib, ularni EHMning tegishli bloklariga uzatadi; mazkur boshqaruv
qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli impulslar generatoridan oladi;
arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) – sonli va belgili axborot bilan bajariladigan
barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mо‘ljallangan
(SHKning ayrim modellarida operatsiyalar ijrosini jadallashtirish uchun AMQga
qо‘shimcha matematik soprotsessor ulanadi); mikroprotsessor xotirasi (MPX) –
mashina ishining bevosita taktlarida bajarilayotgan hisob ishlarida qо‘llaniladigan
axborotni qisqa muddatga yozib olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat qiladi.
Negaki, asosiy xotira qurilmasi (AXQ) doim ham tez ishlovchi mikroprotsessor
samarali ishlashi uchun zarur bо‘ladigan axborot yozish, qidirish va hisoblab
chiqarish tezligini ta’minlay olmaydi; registrlar – uzunligi turlicha bо‘la oladigan tez
ishlovchi xotira uyalari (standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past
bо‘lgan AXQ uyalaridan farq qiladi); mikroprotsessorning interfeys tizimi –
SHKning boshqa qurilmalari bilan ulanib, aloqa bog‘lashni ta’minlaydi; о‘z ichiga
MPning ichki interfeysi va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-
chiqarish portlari (KCHP) va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi.
=-28-=
interfeys (ingl. interface) – kompyuterda mavjud qurilmalarni о‘zaro ulab, ular
о‘rtasida aloqa bog‘lash va unumli hamkorligini ta’minlash uchun mо‘ljallangan
vositalar majmui. kiritish-chiqarish porti (ingl. I/O – Input/Output port) –
mikroprotsessorga SHKning boshqa qurilmasini bog‘lash imkonini beruvchi ulash
apparati.
Mikroprotsessor
, boshqacha nomi – markaziy protsessor (MzP).
Markaziy protsessor (CPU, ingl. Central Processing Unit) – kompyuterning dastur
tomonidan berilgan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan asosiy ish
komponenti bо‘lib, hisoblash jarayonini boshqaradi va kompyuterda mavjud barcha
qurilmalar ishini muvofiqlashtiradi. Aksariyat hollarda MzP о‘z ichiga: arifmetik-
mantiqiy qurilmani; ma’lumotlar shinalari va manzillar shinalarini; registrlarni;
komandalar hisoblagichini;kesh – kichik hajmli (virtual) xotiraga juda tez (8 dan 512
Kbaytga qadar) saqlash qurilmasini; nuqtasi о‘zgaruvchan sonlarning matematik
soprotsessorini mujassam etadi.
=-29-=
Dostları ilə paylaş: |