=-36-=
ziddiyatli bо‘lmasligini kafolatlab, kо‘p sathli keshlashtirish
jarayonini amalga
oshirish uchun mо‘ljallangan vositalar ishini qо‘llabquvvatlaydi.
Pentium rusumli protsessor
Intel firmasining asosiy yutuqlaridan biri Pentium rusumli protsessor yaratilishi
bо‘ldi. Bu ish 1989 yil iyun oyida boshlandi. Pentium ni ishlab chiqish va sinab
kо‘rish ishlarida shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqadigan va dasturiy ta’minot
tuzadigan asosiy mutaxassislar faol ishtirok etishdi. Bu esa, о‘z navbatida, loyihaning
umumiy muvaffaqiyatiga sezilarli omil bо‘ldi.
1991 yil intihosida protsessor maketi tayyor bо‘lib,
unda muhandislar dasturiy
ta’minotni ishga tushirishga muvaffaq bо‘ldilar. Loyiha ishlari asosan 1992 yilning
fevral oyida nihoyasiga yetkazilib, protsessorlarning tajriba
uchun yaratilgan partiyasi
keng qamrovli sinovdan о‘tkazila boshlandi. Pentium sanoatini о‘zlashtirish
yuzasidan qaror 1992 yilning aprel oyida qabul qilinib, 1993 yil 22 mart kuni
Pentium protsessorining keng qamrovli taqdimoti о‘tkazildi.
Bitta kremniyli asosga 3,1 million tranzistorni birlashtirgan 32
razryadli Pentium
protsessor о‘zining yuksak unumdorligi bilan tavsiflanadi. Pentium protsessorning
superskalyar arxitekturasi faqat Intel bilan mos keladigan ikki konveyerli industrial
arxitekturadan iborat. Bunday arxitektura protsessorga taktli
chastotaning bir davri
mobaynida bittadan ortiq komanda bajarish orqali ish unumdorligining yangi
darajalariga chiqish imkonini berdi. Pentium protsessorda amalga oshirilgan yana bir
juda muhim inqilobiy takomillashuv – alohida-alohida keshlashtirish jarayoni joriy
etilgani bо‘ldi. Ichiga verguli о‘zgaruvchan takomillashtirilgan
hisoblash bloki
о‘rnatilganligi bois Pentium protsessor yuqori darajali hisoblash amallarini bajarish
imkonini yaratdi. Tashqi tomondan Pentium protsessor 32 bitli qurilma bо‘lib, xotira
qurilmasiga ulangan tashqi ma’lumotlar shinasi 64 bitli sanaladi.
Pentium protsessor kompyuterlarni tovush, ovozli va matnli nutq, foto tasvir kabi
“real dunyo” alomatlari bilan ishlashga о‘rgatdi.
Dostları ilə paylaş: