Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Yüklə 1,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/53
tarix02.12.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#137349
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53
kompyuter taminoti

Buyruq prosessori
funksiyalari quyidagilardan iborat:
1. Klaviatura va buyruq faylidan kiritilgan buyruqni qabul va sintaktik analiz 
qilish.
2. OS ichki buyruqlarini bajarish.
3. OS tashqi buyruq (dastur) va foydalanuvchining amaliy dasturlarini yuklash va 
bajarish.
Buyruq prosessori tashabbusi bilan bajariladigan buyruqlar ichki buyruqlar 
deyiladi. Foydalanuvchining tashabbusi bilan bajariladigan buyruqlar esa tashqi 
buyruqlarni tashkil qiladi. Tashqi buyruqlarni bajarish uchun buyruq prosessori 
diskdan mos ismli buyruqni qidiradi, agar uni topa olsa, u holda uni xotiraga 
yuklaydi va unga boshqaruvni beradi. Buyruqlarni bunday usulda taqsimlanishi 
operativ xotira bandligini kamaytiradi va kompyuter unumdorligini oshiradi.
Amaliy dasturlarni ishga tushirish tashqi buyruqqa murojaat qilgandek amalga
oshiriladi. Buyruq prosessori funksiyasiga buyruq fayllarini ishlatish ham
yuklatilgan. Buyruq faylning birontasi OS ni yuklagandan so’ng avtomatik tarzda 
bajariladi va foydanuvchiga faoliyat muhiti sozlanganligi haqida dalolat beradi.
Avtomatik tarzda bajariladigan buyruq foylalanuvchi ehtiyojiga qarab sistemali 
dasturchi tomonidan yaratiladi. Buyruq prosessori berilgan satrda yozilgan 


=-71-= 
berilganlarni ketma-ket o’qiydi va taxlil qiladi. Berilganlar buyruq, tamga yoki 
izohdan iborat bo’lishi mumkin. Agar navbatdagi satrda biron bir dasturga
murojaat qiluvchi buyruq bo’lsa, buyruq fayl ishini to’xtatib turiladi va chaqirilgan 
dastur bajariladi. Dastur o’z ishini yakunlagandan so’ng buyruq fayl o’z ishini 
davom ettiradi. 
 
Buyruq prosessori xotiraga yuklanganda ikki, doimo xotirada saqlanadigan 
rezedent va xotiraning foydalanuvchi uchun ochiq bo’lgan norezedent qismga
bo’linadi. Bunda ixtiyoriy dastur buyruq prosessorining norezedent qismini o’chirib
yuborishi mumkin. Bu dastur o’z ishini yakunlaganda boshqaruv har doim buyruq 
prosessorining rezedent qismiga uzatiladi va u sistema diskidan yuklash orqali
buyruq faylining norezedent qismini tiklaydi. OS aynan shu ko’rinishda tashkil 
qilinganligi sababli qattiq disk resurslari yetarli bo’lmasa yoki u umuman 
bo’lmasa sistemali yumshoq disk bo’lishi shart va u ishga tayyor holatda bo’lishi 
kerak. OS normal ishlashini ta’minlash uchun qattiq yoki yumshoq disk o’rniga 
operativ xotirada tashkil qilingan virtual diskdan foydalanish mumkin.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin