=-73-=
Rejada ko’zda tutilmagan muloqatda esa sistema jarayonni
qay tartibda bajarishni
"bilmaydi" va tupik holat vujudga kelishi ham mumkin. Masalan, foydalanuvchi
dasturi sistemada mavjud bo’lmagan resursni talab qilishi. Muloqat tashabbuskori
foydalanuvchi bo’lganda, sistema kutish holatiga o’tadi va foydalanuvchining
buyrug’iga asosan ishni davom ettiradi. Masalan, sistema xizmat qilayotgan dasturni
vaqtinchalik yoki umuman to’xtatish.
Kompyuterning ishonchliligini taminlash.
Kompyuterning
qurilmalari
normal ishlashi uchun ma’lum shart sharoitlar bajarilishi talab qilinadi, bular elektr
manbai parametrlari, tashqi muhit temperaturasi va boshqalardir.
Bu shart
sharoitlardan chetga chiqish kompyuter aparaturasida uzilishga yoki notug’ri
ishlashiga olib keladi. OS da apparatura notug’ri ishlashi natijasida paydo bo’ladigan
xatolikni inkor qiluvchi dastur mavjud bo’lib zaruriyat tug’ilganda sistema
tashabbusi bilan bu dastur ishlaydi va hosil bo’lgan xatolikka ishlov beradi. Bundan
tashqari dasturiy resurslar noto’g’ri ishlashi natijasida xatolik vujudga keladi. Bu
vaziyatda ishlatilayotgan dasturning to’g’ri yoki noto’g’ri ishlayotganligini aniqlash
uchun turli uslublardan faydalaniladi. Bunday uslublardan biri quyidagicha. OS
tarkibiga maxsus dastur kiritiladi va bu dastur berilganlarga ishlov berishdan avval va
ishlov bergandan so’ng tekshiriladi. Shu dastur kodlari yig’indisi tekshiriladi,
agarda hosil bo’lgan kod avvaldan shu dastur uchun aniqlangan kodga teng bo’lsa,
u holda dastur tug’ri ishlaydi yoki ishlagan deb talqin qilinadi. Odatda OS tarkibiga
kirgan barcha dasturlar
uchun yagona kod tanlanadi, masalan barcha bitlar nolga
tenglab olinadi. Buning uchun dasturning oxirgi buyrug’idan keyin nol kodiga
to’ldiruvchi bo’lgan kod tanlanadi va bu kodni dastur kodlari bilan yig’indisi nol
kodini beradi. Shu bilan dastur ishi natijasining ishonchliligiga erishiladi,
chunki
dasturdagi bitta bitning qiymati o’zgarishi dastur uchun aniqlangan kontrol
yig’indida boshqa kod hosil qiladi. Bu holatlarni aniqlash va uni taxlil qilish
uchun OS tarkibiga maxsus dasturlar kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: