Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Yüklə 61,16 Kb.
səhifə5/10
tarix04.01.2022
ölçüsü61,16 Kb.
#113674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi

Kes-kes o‘yini. Bu o‘yinda to‘rt qadam kattalikdagi doira chiziladi. Doira markazida onaboshi turadi. Doira chetida esa barcha o‘yinchilar turadilar. Ular doiradan kesib o‘tib doiraning narigi chetiga chiqishga xarakat qiladilar. Onaboshi esa yugurib o‘yinchilarga qo‘l tekizadi. Qo‘l tekkan o‘yinchi o‘yindan chikadi. Doirani ko‘p kesib o‘tgan va ko‘l tekkizmagan o‘yinchi golib chikadi. Bu o‘yin bolalardan chakkonlikni, tez yugurishni, doirani kesib o‘tishni talab etadi va o‘ziga ishonchni tarbiyalaydi.

O‘tmish xalq o‘yinlarini ommalashtirish borasida xam qiyinchiliklar oz emas, albatta. Lekin, bu borada ancha xayrli ishlar amalga oshirilmokda. Xullas, o‘tmish o‘yinlarini tarixini o‘rganib, xozirgi kungi davr talabiga asosan inson shaxsini shakllanishida o‘yinlarni o‘rgatish katta axamiyatga egadir.

Har bir xalqning o‘tgan avlodlari yaratib, bizga meros bo‘lib qolgan madaniy

16

boyliklari xazinasiga xalq o‘yinlari ham kiradi. Xalq o‘yinlari o‘zining vujudga kelishi va rivojlanishiga ko‘ra g’ayrioddiy hodisa emas, balki xalqning xayotini obrazli, muayyan aks ettiradigan va jamiyat tarakkiyotining qonunlari bilan belgilanadigan maqsadga muvofiq faoliyatdir.



Xalq o‘yinlari xalq ijodiyotining o‘ziga xos janri bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu bosqichiga xos ijtimoiy voqealar aniq aks etadi. Xar bir tarixiy davr olamni badiiy o‘zlashtirish uchun o‘z xissasini qo‘shadi: san’at ijtimoiy xayotning ko‘p qirralari xodisalarini to‘liqroq va

yaqqolroq aks ettirishga intilib, fan, madaniyat, siyosat, axlok va iqtisodiyotning yutuqlarini qandaydir tarzda umumlashtiradi. Jamiyat taraqqiyotining ilk pog’onalarida xalq o‘yinlaridan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish unumli mexnat bilan bog’liq bo‘lgan. Xalq o‘yinlarining mazmuni va xarakteri xayotning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlaridan va tarkib topayotgan elatlarning psixik xususiyatlaridan kelib chiqqan. Xalq o‘yinlari xarakteriga tarbiya sistemasining yo‘nalishi, unumli, uning mafkurasi, turmush an’analariga ta’siri katta.

Tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq o‘yinlarining yuquri darajada rivojlanishining va mana shu o‘yinlardan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish bilan bog’lik masalalarni ko‘rib chiqishda xalq o‘yinlarining har bir xiligi xos jixatlarni nazarda tutish kerak. O‘yinlar xalq tomonidan yaratilgan va kishilarning kundalik xayotidagi vokealar hamda xodisalarni obrazli aks ettirib, ularning xayotiy taassurotlarini, kuzatishlarini, tajriba va xissiyotlarini gavdalantirib, o‘zida so‘z, musiqa, raqs shakllarini mujassamlashtirgan. Masalan, ibtidoiy tuzumda bolalarni tarbiyalashning xarakterli jihati ularni urug’ning urf-odatlari, an’analari, tarixi bilan, shuningdek, xalq og’zaki ijodi, rivoyatlar, qo‘shiqlar va raqslar bilan tanishtirishdan iborat bo‘lgan.

Ibtidoiy jamiyatda yoshlarni kattalar safiga ko‘shish deb ataladigan bayram – diniy marosimlar keng tarqalgan. Bular o‘ziga xos o‘yin – musobaqalardan iborat bo‘lib, ularning mazmunini mehnat faoliyati, kabilalarning urf-odatlari xalq ogzaki ijodini tashkil qilgan. Mana shunday o‘yin-musobaqalarda yigitlar qurollardan

17

foydalana olishlari lozim bo‘lgan. Ibtidoiy odamlarning yovvoyi hayvonlarni ovlashlari va ularni o‘zlariga bo‘ysundirishga intilishlari ov voqealarini ijod qilishga va namoyish etishga sabab bo‘ldi. Ishlab chiqarish kuchlarining tobora rivojlanishi, mehnat qurollarining takomillashuvi ibtidoiy jamoa tuzumining so‘nggi bosqichlarida bolalarning ana shu mehnat kurollaridan oddiy turmush va unumli mehnatda ilgaridek foydalana olmasligiga sabab bo‘lgan. Shu tufayli bolalar o‘yinchog’iga o‘xshagan mehnat qurollari yasala boshlangan. Bolalar o‘yinining vositasi – o‘yinchoqlar ana shu tariqa vujudga kelgan bo‘lishi mumkin.



Shunday qilib, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida o‘yinning rivojlanishi faqat «diniy dabdaba» emas, balki atrofdagi voqelikni anglash, uning obrazga ko‘ra va tabiatga o‘xshatib ijod qilishni o‘rganish istagi xal bo‘ldi.

Har bir xalqning o‘z milliy o‘yinlari mavjud bo‘lib, ular xalq an’analari, millatlarning madaniyati va turmushiga hos xususiyatlar zaminida vujudga kelgan.

Xalq o‘yinlari xalq ma’naviy madaniyatining ko‘rinishlaridan biridir. Ularda etnik tarixga borib taqaladigan an’analar, ijtimoiy munosabatlar, mafkura-e’tiqodning ayrim elementlari, axloqiy estetik me’yorlar aks etadi. Xalq o‘yinlari mamlakatning milliy xususiyatlarini, katta yoshli kishilarning fe’l-atvorini, odatlarini, mexnat jarayonlarini, jugrofiy sharoitlarni ifodalaydi. Shunga ko‘ra, o‘zbek xalq o‘yinlarini xalqning axloqiy-estetik tarixini, madaniyatini, boshqa xalqlar bilan aloqalarini o‘rganishning manbaalaridan biri sifatida qarab chiqish lozim. O‘zbek xalq o‘yinlari tarixini o‘rganishda xalq ma’naviy madaniyatining rivojlanish bosqichlarini yoritish juda muhim axamiyatga molikdir.

O‘zbek xalq o‘yinlari o‘zbek xalqi ijodining mahsuli bo‘lib, ularni keng xalq ommasi yaratgan va saqlab kelgan. O‘yinlar o‘zbek xalqining ko‘p avlodlari turmushi va ijtimoiy xayotining zarur elementi sifatida asrlar bo‘yi mavjud bo‘lib keldi va rivojlanishning xar bir tarixiy bosqichida turli ijtimoiy vazifalarni bajardi. O‘zbek xalq o‘yinlari tarixning ijodiy kuchini, moddiy va ma’naviy boyliklarini o‘zida mujassamlashtiradi, ularda atrofdagi voqelikni bilish va o‘zlashtirishning tarixiy tajribasi aks etadi.

18

O‘zbek xalq o‘yinlari o‘z tabiatiga ko‘ra amaliydir. Ularda xalq badiiy madaniyatining o‘ziga xosligi, uning milliy xususiyatlari yaqqol ko’zga ko’rinadi. Mazkur o‘yinlarning milliy xarakteri zamirida xalqimizning madaniy boyligi, katta merosi mavjuddir. Ko’p o‘yinlar mazmunining mavzulari kabilalarning urf-odatlarini, qadimiy udumlarning, mehnat faoliyati yoki madaniyatini yoritishi mumkin.



Xalqning unutilayozgan iltijolari, baytlari va sanoqlari bolalarning xalq o‘yinlaridagina davom etib keladi. Guruh bo‘lib o‘ynaladigan o‘zbek xalq o‘yinlari

va ayrim sport o‘yinlari qadimiy ota-bobolarimizning o’nab kata bo’gan o’yinlari kabilalarga borib taqaladi. O‘zbek xalq o‘yinlari qadim zamonlarda, bizning eramizgacha bo‘lgan davrlarda vujudga kelgan.

O‘zbek xalq o‘yinlari xalq ijodiy faoliyatining bir turidir. Ularni mexnatkash xalq yaratdi va keng xalq ommasi davom ettirdi. Xozirga qadar o‘zbek xalqi uning tantanalarini katta xalq tomoshalari – sayillar bilan nishonlaydi. Ilgari sayillar diniy sanalar bilan bogliq bo‘lgan. Diniy bayramlardan tashqari, axoli orasida ommaviy tomoshalar, sayillar o‘tkazish odat bo‘lgan. Mana shu bayramlarda xalqning xayoti, ularning xayotni sevishi, mexribonligi, quvnoqligi, hushchaqchaqligi, mexmondo’stligi namoyon bo‘lgan.

Sayillar vaqtida «Olomon poyga», «Qiz quvish», «Kurash», «Ag’darish», «Ko‘pkari», «Do‘ppi tashlar» kabi musobaqa o‘yinlari, sport o‘yinlari va ko‘ngilochar o‘yinlar o‘tkazishgan.

O‘zbekistonda qadimdan dehqonlarning mehnat jarayoniga bog’lik tantanalar – «Hosil bayrami», «Qovun sayli» va xokazolar mavjud. Ana shulardan «Qovun pishdimi?», «Qovoq tanlash» kabi o‘zbek xalq o‘yinlari yuzaga kelgan.


Yüklə 61,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin