Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Yüklə 61,16 Kb.
səhifə8/10
tarix04.01.2022
ölçüsü61,16 Kb.
#113674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi

«Poyga». Bu o‘yin chavandozlarning uzoqqa ot choptirish bo‘yicha musobaqasidir. Ana shu musobaqa paytida karindoshlarning bir-biriga yordamlashishi o‘yin ishtirokchisining otini qamchi bilan urishi, xay-xaylashi, xatto otning jilovidan tortishi ham mumkin bo‘lgan. Bu musobaqada epchil, irodali, xushyor yigitlar g’alabaga erishganlar. Xalq orasida kuchli odamlar juda xurmat qilingan, atrofdagilar ularga xavas bilan qaragan, tahsinlar aytgan. Shuning uchun belini bog’lab kurash tushadigan polvonlar xalq shodiyonalari va anjumanlarining ardoqli mexmoni bo‘lgan. O‘zaro kuch sinashiladigan o‘yin, ya’ni kurash tushish uzoq davrlardan xozirgacha o‘zbeklarning sevimli mashg’uloti va tomoshasi xisoblanadi.

O‘zbek milliy kurashi “har bir bayram va har bir ommaviy yig’inlarda albatta tashkil qilingan. Urush vaqtida qarama-qarshi ikki tomon o‘z qo‘shinlaridagi eng kuchli polvonlarni sarflab jangga solgan. Ular esa qilich, o‘q-yoy, nayzalar bilan jang qilishgan. Bordi-yu barcha qurollar ishdan chiqsa, polvonlar o‘z qurollari, ya’ni mushtlashish bilan o‘z kuchlarini ko‘rsatishgan. Ana shu jangda raqibini yenggan polvonning tarafi bo‘lgan qo‘shin g’olib xisoblangan.

20

Xozirgi o‘zbeklarning yanada qadimgi avlodlarida kurash an’anaviy odatlardan biri bo‘lgan. Binobarin, xozirgi kurash tushish juda qadim zamonlarda vujudga kelgan, kuch, chaqqonlik, chidamlilik, jasoratni ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar kurashning tarixiy manbalari xisoblanadi. Kurash tushishning tafsiloti Zaxiriddin Muxammad Boburning asarlarida berilgan.



Xalq o‘zining polvonlari to‘grisida rivoyatlar to‘qigan. Aytishlaricha, VI-VII asrlarda Xorazmda yashagan Paxlavon Maxmud hind polvoni bilan bir necha kunga cho‘zilgan olishuvda g’olib chiqqan va buning evaziga uning asirlikdagi o‘n

ming nafar yurtdoshlari ozod qilingan.

“Hosil bayrami” qishloq xo’jaligi xodimlarining an’anaviy bayrami (O’zbekiatonda 1972-yilgacha “paxta bayrami” deb atalgan). Xo’jaliklar, tumanlar, viloyatlar miqyosida o’tkaziladi. Ko’pgina joylarda hosil bayrami kech kuzda qishloq ho’jaligi ekinlari hosili yig’im- terimi tamomlanishiga qarab nishonlanadi. Bayram kunlari ko’rgazmalar, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yarmarkalari uyushtiriladi. Bu bayram asosida badiiy va sport o’yinlari, ot sporti musobaqalari, ommaviy sayillar o’tkaziladi. Mehnat ilg’orlariga mukofotlar topshiriladi. Hosil bayramida qishloq xo’jaligi xodimlari bilan shahar aholisi, keng jamoatchilik ham ishtirok etadi va bunday tantanalar xalqmizning qadimdan yetib kelayotgan urf- odatlari, milliy tarixiy merosi deb takidlasak mubolag’a bo’lmaydi

Xalq milliy harakatli o’yinlari bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. CHunki o’yinlar o’quvchilarning qiziqishlarini oshiradi, ularga zavq bag’ishlaydi, ish qobiliyatlarining tezroq tiklanishini ta’minlaydi. O’yinlar tufayli bolalar charchashni unutadilar, mashqlarni diqqat bilan bajarishga harakat qiladilar.

Xalq milliy o’yinlarining barchasi bolalarning organizmlariga yaxlit ta’sir o’tkazadi. SHuning uchun ham o’yinlarga umumiy jismoniy ta’sir ko’rsatuvchi sifatida qarash lozim. Bironta o’yin yo’qki, u ayrim jismoniy sifatni rivojlantiruvchi vosita bo’lib hisoblanmasin. Masalan, “Do’ppi kiyishda kim g’olib?” milliy o’yinida faqat chaqqon bo’libgina qolmay, balki epchil, sezgir

21

bo’lishga ham da’vat etiladi



O‘zbek xalqi o‘yinlari orasida ayniksa, dorboz va simvozlik san’ati aloxida ajralib turilgan. Ilgari dor keng mashxur bo‘lgan. Ommaviy va maxalliy bayramlar, mavsumiy bozorlar dorbozliksiz o‘tmagan, deyishi mumkin. Registonda, bozor maydonlarida, Chorsularda dorlar ko‘rilgan. Karnay-surnay va nog’oralarning qattiq sadolari tomoshalarning boshlanishidan darak berib turgan. Odamlar to‘plangach, o‘yinlar boshlangan. Tomoshabinlar baland qilib tortilgan arqon ustida o‘ynayotgan dorbozning dadil xarakatlarini xayajon bilan kuzatishgan.

Bir vaqtlar O‘zbekistonda yog’ochoyok o‘yini keng tarqalgan. Yog’ochoyok yugurib, sakrab, raqsga tushib va milliy cholg’u asboblarida, karnay-surnay va xokazolarda kuylar ijro etib, ajoyib tomoshalar ko‘rsatgan.

O‘zbek xalqida xayvonlar va qushlar haqidagi juda qiziqarli raqslar – «Kaptar o‘yini», «Chagalak», «Yumronqoziq», «Ot o‘yin» va xokazolar. Shuningdek, o‘zbeklar orasida «Karnayli-surnayli», «Nina, ip, tuguncha», «qovoq ekish», «Xo‘roz va tovuq», «Qoch bolam, qush keldi», «Oq terakmi ko‘k terak?» kabi o‘yinlar ham mashxur bo‘lgan. O‘zbek xalq o‘yinlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. An’analar, odatlar, shu jumladan, xalq o‘yinlari o‘zbeklar xayoti bilan bog’liq bo‘lib, avloddan-avlodga meros tariqasida o‘tib kelgan.

Bolalar jamiyat rivojlanish bosqichida kattalar o‘yinlarini o‘ynaganlar.

O‘zbek xalq o‘yinlarida xalqning ijtimoiy xayoti o‘ziga xos shakllarda aks etgan.

Jismoniy madaniyat tizimidagi barcha soha va bosqichlarning birdan-bir va yagona maqsadi-insonni to’g’ri yashashga tayyorlashdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy tarbiyasining vazifalari bolalarning yoshiga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi, lekin bunda jismoniy madaniyatning umumiy maqsadi ko’zdan qochirilmaydi.

Maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy tarbiyasida sog’lomlashtirish, ta’lim berish va tarbiya berish vazifalarini amalga oshirish ko’zda tutiladi. Xalq milliy o’yinlari orqali bu vazifalarni yaxlit holda bajarish imkoniyatlari ko’proq ko’rinadi.

22

O‘zbek xalq o‘yinlarini mazmuniga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:



- Drammalashgan o‘yinlar:
a) Xayotiy (tarixiy-xayotiy, madaniy-xayotiy, kasbkorlik-xayotiy);

b) Kulgili o‘yinlar;

v) Qo‘shiq va raqs o‘yinlar;

- Mazmunli-rolli o‘yinlar:


a) mazmunli – xarakatli;

b) sport - o‘yinlari;

- Ijodiy o‘yinlar.
Ijodiy o’yinlarni bolalarning o’zlari o’ylab topishadi unda oldindan belgilangan qoidalar bo’lmaydi. O’yin qoidasini bolalar o’zlari o’yin jarayonida belgilashadi.

O‘zbek xalq o‘yinlarining tarixan vujudga kelishini taxlil qilib, drammalashgan o‘yinlar o‘zbek qo’g’irchoq teatrining negiziga aylangan qadimiy xalqning «Qo‘g’irchok o‘ynatish» san’ati asosida paydo bo‘lgan, deya xulosa chiqardik.

Muayyan badiiy obrazni ifodalaydigan qo‘g’irchok mamlakat va kishilar xayotidagi tarixiy turmush voqealarini aks ettiradi. Madaniy-maishiy o‘zgarishlarni, odamlarning amalga oshirgan ishlarini, go‘zalligi va kamchiliklarini ifodalaydi. Xarakatli, sport musobaqasi o‘yinlari o‘quvchilarning xarakat faolligiga asoslanadi va ularning mushaklarini, xarakat a’zolarini rivojlantiradi.

Ijodiy o‘yinlarga quyidagilar kiradi:

- o‘quvchilarning o‘zlari o‘zbek xalq ertaklari va afsonalari asosida yaratadigan o‘yinlar.

Xalq o‘yinlari xayotiy voqealarga murojaat etib, ularni nihoyatda xilma-xil, o‘zining boyligi bilan badiiy obrazda ifodalanadi. Xozirgi sharoitda o‘zbek xalq

o‘yinlari boshqacha tus oldi. Asosan, ularning maqsadi o‘zgardi, mazmuni

23

yangilandi va variantlari paydo bo‘ldi. Masalan, «Uloq» o‘yini murakkab va o‘zbek xalqining g’oyat qiziqarli o‘yinidir. Xozirgi paytda bu o‘yinning mazmuni o‘zgargan. O‘yinchilar ikki guruhga bo‘linib, 6-8 metrli aylana chizigining tashkarisida turadilar. Boshqaruvchi doira o‘rtasida turib o‘yinni boshkarishga ishora qiladi va to‘pni tashlaydi. O‘yinchilarning xammasi uni birinchi bo‘lib olishga xarakat kiladi. Tupni boshqa o‘yinchining qo‘lidan tortib olib, doiradan tashkariga qochishga ruxsat etiladi.



Pedagogik nuqtai-nazardan maktablarda o‘quvchilarga faqat qadimiy xalq o’yinlarining emas, balki xozirgi bosqichda vujudga kelgan o‘yinlarning xususiyatlarini ham ko‘rsatish yaxshi natija beradi.

Shaklan milliy va mazmunan zamonaviy o‘zbek xalq o‘yinlari yosh avlodni tarbiyalash, kamol toptirishda tobora ta’sirchan omilga aylanib bormoqda. O‘zbek xalq o‘yinlarining vazifasini nazarda tutib, ulardan yangi insonni shakllantirishning muhim vositasi sifatida foydalanilmoqda. Pedagog bolalar o’yinga rahbarlik qilar ekan, quyidagi talablarga e’tibor berishi zarur: o’yin mazmunini ta’lim- tarbiya baruvchi ahamiyatga ega bo’lishi, aks ettirliayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to’g’ri va to’la bo’lishi, o’yin harakatlarga faol, ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo’lishi kerak. Hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o’yinga rahbarlik qilish, o’yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish, bolalarning o’yinda xayrixoh va xursand bo’lishlarin ta’minlash lozim.

Pedagog bolalar o’yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining hamma tomonlariga: ongiga, his tuyg’ulariga, irodasiga, hulqiga ta’sir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estitik va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalana bilishi kerak. O’yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. O’yinda u yoki bu ro’lni bajarayotib, bola

o’zining butun diqqatini o’yinga qaratishi lozim.Bola o’ynayotganda kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari to’g’risidagi tasavvuri yetarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol bara boshlaydi.

24

Tarbiyachi (o’qituvchi) bolalarning bilimlariga aniqlik kiritadi, dunyoqarashini boyitadi. Tarbiyachi o’yin orqali bolalarda ona vatanga, o’z xalqiga boshqa millat kishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. O’yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, to’g’rilik, o’zini tuta bilishlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O’yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga bo’lgan munosabatini shakllantiruvchi o’ziga xos maktabdir. O’yinda bola kishilarning axloq- odob normalarini, mehnatga munosabatlarini bilib oladi. Tarbiyachi bolalar o’yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O’yin jarayonida bolalar o’z xoxishlarini jamoa o’ynlarida o’rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o’rgandilar. Ammo o’yin to’g’ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomonlama tarbiyalashda o’yindan keng foydalanadi. Juda ko’pchilik o’yinlar bolalarni faol harakat qilishni talab etadi, bu esa o’z navbatida organizmda modda almashnishini yaxshilaydi, qon aylanishini tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasini to’g’ri o’sishini, harakatlari chiroyli bo’lishini ham ta’minlaydi. O’yin orqali tarbiyachi bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi, bu esa bolanng asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi. O’yin bolalarga estitik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo’llaniladi. Bolalar tevarak- atrofdagi hayotni, voqealikni obrazlar, rollar orqali ham aks ettiradilar. O’yinda bolalarning avval olgan tassurotlari prqali obraz yaratishlari- xayol juda ham katta ahamiyatga ega. Bolalar juda ko’p o’yinlarda avval o’rgangan ashula, she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan tarbiyachi bolalarda estitik did, zavqni tarbiyalashda



foydalanadi. O’yin vaqtini tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashg’ulot o’rtasida bolalar o’yinga 8-10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko’pincha avval boshlagan o’yinlarini davom ettiradilar. Sayrda bolalarning o’ynashlari uchun 1 soat- 1 soat 20 minut vaqt ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar o’yinga vaqt beriladi. Bunda bolalar ko’pincha syujetli- rolli oyinlarni, qurilish materiallari, qo’g’irchoqlar bilan, stol stul

25

o’yinchoqlari o’ynashlari mumkin. Shu bilan birgalikda biz ota- bobolarimizdan kelayotgan o’zbek milliy o’yinlarini ham bolalarga o’rgatishimiz va o’yinlar zamiridagi ma’nolarni bolalarimiz ongiga singdirib borishimiz zarur.



Ammo o’yin bilan ta’lim o’rtasidagi bog’liqlik bola ulg’aygan sari o’zgarib boradi.

Shunday qilib, pedogogika fani o’yinga bola shaxsini har tomonlama shakllantirish vositasi va ular hayotini tashkil etish shakli, bolalar jamoasini shakllantirish vositasi deb qaraydi.




Yüklə 61,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin