Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Yüklə 61,16 Kb.
səhifə9/10
tarix04.01.2022
ölçüsü61,16 Kb.
#113674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi

X u l o s a.

Xozirgi sharoitda o‘zbek xalq o‘yinlarining asosiy vazifasi o‘z mazmuni va metodikasi bilan bolalarni jamiyatimiz talablariga muvofiq yo‘sinda tarbiyalashni ta’minlash, ularda axloqiy, irodaviy sifatlarni rivojlantirish, ijodkor va bunyodkorlarga hos bilim, ko‘nikma xamda malakalarni shakllantirishdan iboratdir. Qadimiy tarbiya tizimidagi o‘yinlardan shaxsni shakllantirish vositasi sifatida keng foydalanilgan. Juda uzoq davrlar muqaddam pedagogik fikr namoyondasi o‘yinning tarbiyaviy imkoniyatlarini g’oyat ziyraklik bilan faxmlashgan. Bolalarni yosh xususiyatini xisobga olib, ularga mos o‘yinlarni tanlash masalasi qo‘yilgan, bolani o‘zining yoshiga muvaffak ishlar va turli o‘yinlar bilan mashgul qilish zarur deb topilgan.

Kuzatishlardan ayonki, atrofdagi voqelik yorqin, kishilarning hatti-harakati, o‘zaro munosabatlari va faoliyati jihatdan tushunarli bo‘lsagina o‘yinni yuzaga keltiradi. Atrof-muhitdagi barcha murakkablikni avvalo bola o‘yinda bartaraf etadi. Bolalar o‘yinining moxiyati muayyan rolni bajarishdan iboratdir.

26

O‘zbek xalq o‘yinlaridan foydalanish muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun o‘yin bolaning o‘z faoliyati ekanini, undagi tashabbuskorlikni va mustaqillikni saqlash hamda rag’batlantirish zarurligini xisobga olish kerak.



O‘zbek xalq o‘yinlarini o‘rganish tarbiya jarayonini uzluksiz yangilaydi, o‘quvchilarda xayotiy vaziyatlarni yaxshi anglash qobiliyatini rivojlantiradi. Biz o‘zbek xalq o‘yinlariga jamiyatning butun ma’naviy madaniyati bilan tarkibli birgalikda bolalarni tarbiyalashning eng muxim vositalaridan biri sifatida qaraymiz.

O‘zbek xalk o‘yinlarining tarbiyaviy ahamiyati haqida gap borar ekan, shuni aloxida ta’kidlash lozimki, ular eng avvalo bolalarda o‘z qishlogiga, shaxriga, tabiatga, mamlakatimizda yashovchi barcha xalqlarga muhabbat ruhida tarbiyalaydi. Eng muhimi o‘zbek xalqining milliy madaniyati, o‘tmishdagi va xozirgi turmushiga, milliy an’analari hamda san’atiga muhabbat uyg’otadi. Shuningdek, o‘quvchilarni halollikka, sahovatlilikka o‘rgatadi, kattalarning tajribasini bolalar va yoshlarga yetkazishning vositasi sifatida xizmat qiladi. O‘gil va qizlarda mehnatga ongli munosabatni shakllantiradi. Ularning kuchli, chaqqon, serharakat, ziyrak, topqir, o‘zaro hamkor bo‘lishlariga yordam beradi.

27


Yüklə 61,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin